O‘g‘uz Atay "Tutunolmaganlar" PDF
Tutunolmaganlar’ning birinchi jildi chop etilganiga qariyb o‘n besh yil bo‘ldi. Hayot juda ham serzavq va ‘voqeali’ o‘tadigan bizning mamlakatimizda o‘n besh yil bir umrga teng. Ana shu umrni biz ham tugatdik va orada yangi va sog‘lom avlodni porloq umidlar bilan voyaga yetkazdik. Sog‘lom deyman, chunki O‘g‘uz Atay asari haqida bir oz sog‘lom bo‘lmagan baholar ham berilayotgandek tuyuladi menga: Ya’ni, uning har bir satriga singib ketgan dahshatli hazil, ba’zi odamlarda chuqur ishonchsizlikka, kinoyali bir munosabatga sabab bo‘ldi, deb o‘ylayman. Bu yerda biroz adolatsizlik bor. Chunki O‘g‘uz Atay qanchalik badbin va o‘lim bilan yonma-yon bo‘lmasin, har doim ichida bir oz umid saqlaydi; “jonim odamlar” deydi doim. Ya’ni, unda G‘arbona ziyoli tipini topa olmaysiz, sovuq, masxara va butunlay ishonchsiz. Uning kitoblarini yanada puxta baholash uchun ham endi yetarli vaqt o‘tdi, deb umid qilinadi.
Mana shu barcha sabablar va boshqa sabablar tufayli, o‘limidan yetti yil o‘tib O‘g‘uz Atayning yashash imkoniyati ancha oshdi. Ushbu ‘so‘zboshi’ni, Atayning Kundaligini kundalik gazetalarda chop etganimizda yozgan ‘so‘zboshi’dan bir parcha bilan tugatmoqchiman: U, umr bo‘yi doim “shoshilgan”; shu sababli ham doim “kech qolgan”. Hayotida doimiy bir vahima bor: Bir kitob o‘qiydi, bir komediyani tomosha qiladi, charchaydi. Kim bilandir birga bo‘ladi, dardini ayta olmaydi, tashvishlanadi va ranjiydi. Kichik tashvishlar, biror joyga to‘lanishi kerak bo‘lgan pullar, ba’zi narsalarning ta’mir xarajatlari hech qachon tugamaydi va bu vahima tuyg‘usiga hissa qo‘shadi. Va doim shoshiladi.
O‘g‘uz Atay "Tutunolmaganlar" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.
Qo'llab-quvvat bering
Sharhlar 0
Bir sharh yozish