“Sohil yoqalab chopaëtgan olapar”, “Oq kema” hamda “Sarvqomat dilbarim” kabi mashhur qissalardan iborat ushbu kitob Chingiz Aytmatov ijodining eng sermahsul davridan dalolatdir. Har uchala asar jonli tasvir va hikoyachilik jihatidan oʻquvchi diqqatini butkul oʻziga tortadi. Birinchi marta chinakam ovchilar bilan dengizga chiqqan Kirisk ovdan nega yolgʻiz qaytdi? Oqsoqol Oʻrxonning xayoli, Milxunning gʻazabi va otasining qatʼiy qarori oʻn bir yoshli Kirisk hayotini qanchalik oʻzgartirdi? Yoki nabirasiga Shoxdor ona bugʻu haqida rivoyat aytib, oʻzlarining bosh boʻgʻini deya ishontirgan, ogʻir vaziyatlarda qabiladoshlarini faqat Ona bugʻugina asray oladi, degan Moʻmin chol nega oʻz qarashlariga qarshi chiqdi? Ona buguni ovlab, ziyofat qilishga cholni nima majbur qildi? “Sarvqomat dilbarim” esa bir muhabbat haqida ikki taqdir hikoyasidan iborat. Ammo bir qarashda, bir uchrashuvda oʻz sevgisini topgan Ilyos nega pok sevgisini xiyonatga almashtirdi? Yillar oʻtib oʻgʻlini topganda nega otasi ekanligini aytolmaydi? Asar davomida yana bir muhabbat tarixidan ogoh boʻlasiz.
Sharhlar 0
Bir sharh yozish