Peyami Safa "To‘qqizinchi Tashqi Palata" PDF
Bolalar Kasalxonasi Kutishni ular kabi biladigan yo‘q. Tushga yaqin ko‘rik xonasining oldi to‘ldi. O‘rindiqlarda joy qolmagani uchun yangi kelganlar tik turishdi va onalar, kasal bolalarini tizzalariga o‘tqazish uchun devor tagiga cho‘kib olishdi. Qorong‘u yo‘lak. Yopiq eshiklarning to‘rtburchak muzli oynalaridan kelayotgan sovuq yorug‘likning bug‘i baland va yalang‘och devorlarga urilib muzlaydi. Soatlab kutayotganlar bor. Lekin bunga o‘rganib qolishgan. Kam harakat qilishadi, umuman gaplashishmaydi. Yo‘lak oxirlarida, ko‘rinmay ochilib-yopiladigan eshikning g‘ichiri. Muşambaga ishqalanayotgan oyoq tovushi. Ko‘piklanib uchib, uzoqlarda g‘oyib bo‘ladigan bir oq xalat va yod, efir, yog‘, ajratma va boshqalar hididan iborat, tarkibi to‘liq anglashilmaydigan kasalxona hidi. Kasal bolalar yonida oilasidan bir kattaroq odam bor, ular kasallaridan ham ko‘proq xavotirli ko‘rinadi va bir ona, pelerinni tugmasini taqish bahonasida yelkasiga bog‘langan bolasining orqasini silaydi. Uni birozdan keyin tortadigan og‘riqqa tayyorlash uchun. O‘rindiqlarda hech kim to‘g‘ri o‘tirmagan. Kasallar bog‘langan qo‘l yoki oyog‘ining buzgan muvozanati bilan hamisha, oyoqlari sinib, g‘alati-g‘alati holatda o‘tirishadi va kattalar kichiklarga tomon egilishgan.
Peyami Safa "To‘qqizinchi Tashqi Palata" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.
Qo'llab-quvvat bering
Sharhlar 0
Bir sharh yozish