Daniel Keyes "Algernonga Gullar" PDF
Aqli joyida bo‘lgan har bir kishi inson ko‘zi ikki sababga ko‘ra hayratga tushishini va yaxshi ko‘ra olmasligini biladi. Birinchi sabab, inson yorug‘likdan qorong‘uga o‘tishi, ikkinchi sabab esa qorong‘udan yorug‘likka chiqishidir. Bu, badan ko‘zi uchun bo‘lgani kabi aql ko‘zi uchun ham to‘g‘ridir. Bu haqiqatni anglagan odam, boshi qotgan va ko‘rishi sustlashgan bir kishiga duch kelganda uning holatiga kulmasligi va quyidagi savolni berishi kerak: Bu odamning aql ko‘zi yorug‘roq dunyodan kelgani uchunmi u o‘rganmagan qorong‘ulikdan hayratda, yoki qorong‘udan yorug‘likka chiqqanda duch kelgan kuchli yorug‘likdan ko‘zi qamashganmi? Bularning birinchisi quvonchli va maqtovga loyiq, ikkinchisi esa achinishga arziydigan holatdir, chunki qorong‘ulikdan hayratga tushgan ko‘z, yorug‘ dunyodan kelgan bo‘ladi. Shuning uchun unga kulgan odamning o‘zi kulgili ahvolga tushadi, ammo qorong‘udan yorug‘likka chiqqani uchun yaxshi ko‘ra olmagan odam boshqalarning unga kulishini haqli qiladi. Doktor Strauss endi boshimdan o‘tgan har bir narsani, nimalarni o‘ylaganimni, nimalarni eslaganimni yozib borishimni aytdi. Buni nega xohlaganini bilmayman, lekin meni ishlatishadimi yo‘qmi tushunishim uchun buni qilishim muhim ekan. Umid qilaman meni ishlatishadi, chunki xonim Kinnian aytdiki, balki meni aqlli qilishlari mumkin emish. Men aqlli bo‘lishni istayman. Mening ismim Charli Gordon. Donnerning non pishirish fabrikasida ishlayman, u yerda menga haftasiga 11 dollar va agar xohlasam non va bulochka berishadi. 32 yoshdaman va kelasi oy tug‘ilgan kunim. Doktor Strauss va professor Nemurga aytdimki yaxshi yaza olmayman, lekin ular bo‘lsin dedi, Beekman kollejida gapirgandek, xonim Kinnian sinfida yozgan inshoing kabi yoz dedi. U joy kattalar uchun nogironlar markazi va men u yerga vaqtim bo‘lsa haftasiga uch marta boraman. Doktor Strauss xayolimga kelgan va o‘ylagan har bir narsani ko‘p-ko‘p yozishimni aytdi, lekin endi yaza olmayapman, chunki xayolimga hech narsa kelmayapti, shu sababli bugun yozadiganlarim shular… Hurmat bilan, Charli Gordon.
Daniel Keyes "Algernonga Gullar" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.
Qo'llab-quvvat bering
Sharhlar 0
Bir sharh yozish