Mixail Bulgakov "Usta va Margarita" PDF
1930-yillarda Moskvada issiq bahor kuni... Quyosh botishiga yaqin paytda Shayton, yaxshi kiyingan va begona ko‘rinishli bir janob qiyofasida shaharga kirib keladi va o‘zini qora sehr mutaxassisi Professor Voland deb tanishtiradi. Uning g‘alati hamrohlari bilan birga kelishi Sovet poytaxtida bir qator sirli va xavfli voqealarning boshlanishiga sabab bo‘ladi. Bulgakov 20-asr rus adabiyotida inqilobiy bo‘lgan romanida, biri 1930-yillar Moskvasi, ikkinchisi esa qadimgi Quddusda bo‘lib o‘tadigan ikki alohida hikoya o‘rtasida hayratlanarli burilishlar bilan hikoyasini davom ettiradi. Stalin rejimining eng qorong‘u kunlarida yozilgan "Usta va Margarita" Sovet hayot tarziga keskin hajv, diniy allegoriya, kulgili fantaziya bo‘lishi bilan birga, ta’sirli bir sevgi hikoyasidir ham. Bulgakov umrining so‘nggi kunlariga qadar ustida ishlagan bu roman uzoq vaqt taqiqlangan, yozuvchining o‘limidan yillar o‘tib, hatto senzura qilingan holatda, 1966-yilda nashr etilgan xolos.
Mixail Bulgakov "Usta va Margarita" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.
Qo'llab-quvvat bering
Sharhlar 0
Bir sharh yozish