Jojo Moyes "Men Sendan Oldin" PDF
Ular bir-birlariga muhabbatdan boshqa hech narsa bera olmas edilar...
Hayotning nozik tafsilotlarini Lou yaxshi biladi. Avtobus bekatidan uyigacha nechta qadam bor? Ishlaydigan kafega kelib-ketadiganlar qanday hayot kechiradi? Yorqin yashil ko‘ylak ostiga qanday rangli kolgotka kiyiladi? U bu savollarning hammasiga javob bera oladi. Oson baxtli bo‘la oladigan kichik dunyosida bilmaydigan yagona narsa — hayot ancha murakkab savollar va javoblar bilan to‘la ekani...
Mototsikl avariyasidan keyin hayoti ostin-ustun bo‘lgan Will uzoq vaqtdan beri murakkab savollar bilan band. Bu hayotda boshqa odamlarni baxtli qiladigan kichik narsalar unga umuman zavq bermaydi. Atrofidagi barcha ranglar birdaniga kulrang tusga kirgan va bunday umidsizlikda qilishi mumkin bo‘lgan yagona narsa hayotini yakunlash deb o‘ylaydi.
Xo‘sh, jiddiy, teskari va injiq Will, Lou’ning rang-barang hayoti bilan to‘qnashsa, nima bo‘ladi?
Mo‘jizalarga ishonmasangiz, to‘xtab yana bir bor o‘ylab ko‘ring...
"Oxirgi boblarni avtobusda o‘qimang. Yig‘lamaslik uchun o‘zingizni tutishga harakat qilayotib, butunlay ezilib ketishingiz mumkin."
Tracy Williams
"Bu kitobni o‘qiganda, his-tuyg‘udan his-tuyg‘uga yuguradigan attraksionga kirgandek bo‘lasiz. O‘qiyotib, dunyoni va vaqtni to‘xtatishni xohlaysiz."
Dooster
"Do‘stlaringiz qo‘ldan-qo‘lga o‘tkazadigan roman bo‘ladi. Moyes xarizmatik, real va ta’sirli qahramonlar yaratishni juda yaxshi biladi."
The Independent
"Sizni bu qadar o‘ziga tortadigan boshqa bir kitob topishingiz juda qiyin. Yillar davomida o‘qigan eng zo‘r kitobim."
Gill B.
"Bu hikoyani kitob tugagandan ancha vaqt o‘tib ham eslab yurishingiz, har doim yoningizda olib yurishni xohlaysiz."
Romantic Book Lover
Jojo Moyes "Men Sendan Oldin" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.
Qo'llab-quvvat bering
Sharhlar 0
Bir sharh yozish