Daniel C. Dennett "Darvinning Xavfli G‘oyasi" PDF
Dennettning fikricha, Darvinning “tabiiy tanlanish”ni aqlsiz, mexanik algoritmik jarayon sifatida ta’riflashi, evolyutsiyaning barcha natijalari algoritmik jarayon natijasida yuzaga kelganini ta’kidlashi – aynan shu fikr Darvinning xavfli g‘oyasidir. “Darvinning tabiiy tanlanishga asoslangan evolyutsiya nazariyasi meni har doim juda hayajonga solgan edi; ammo yillar davomida uning buyuk fikridan norozi bo‘lgan, kamchilik izlab, tanqidni haddan oshirgan shubhakorlardan tortib, ochiqdan-ochiq dushmanligini bildirgan kishilargacha hayratlanarli bir faylasuflar to‘dasiga duch keldim. Ular faqat oddiy odamlar va dindor faylasuflargina emas, balki Darvin adashgan deb hisoblaydigan dunyoviy faylasuflar, psixologlar, fiziklar va hatto biologlarni ham o‘z ichiga olardi. Ushbu kitob Darvinning fikri nega bu qadar kuchli ekani, yangi asosda va mehribon ko‘rinishda shakllangan hayot bizga qanday umid baxsh etishi haqidadir.” – Daniel C. Dennett “Bir nafas toza havo.” – Carl Sagan “Juda yorqin bir kitob. O‘quvchini ijodiy ma’noda yangi intellektual cho‘qqilarga olib chiqadi. Tanqidiy ma’noda esa chinakam vayronkor.” – Richard Dawkins, “Baxil Gen” kitobining muallifi “Eng original va eng ko‘p o‘qiladigan faylasuflarimizdan biri... Juda uzoq vaqt o‘tgach, analitik faylasuf paydo bo‘lib, professional sinchkovligini romantik kayfiyat, hayotga to‘la tasavvur va hazil tuyg‘usi bilan birlashtirib, o‘z sohasini garovdan qutqaradi.” – Richard Rorty, Lingua Franca “Dennett noyob original, sinchkov va aqlga ega faylasufdir. Ushbu kitobda u faylasuflar bajarishi shart bo‘lgan muhim ishni qiladi: fan ichidagi tushunchaviy chalkashliklarni bartaraf etadi.” – Jim Holt, The Wall Street Journal
Sharhlar 0
Bir sharh yozish