Ümit Do‘ğan — "Soxtalashtirilgan Tarix Bilan Hisoblashuv — Vahdeddin Va Mustafa Kemal" PDF
Rasmiy tarixga ko‘ra, Sulton Vahdeddin Milliy Kurashga qarshi chiqqan va oxir-oqibat inglizlarga panoh topgan xoin hisoblanadi. Muqobil tarixga ko‘ra esa, u Milliy Kurashni boshlagan va qo‘llab-quvvatlagan, o‘z yurtidan uzoqda yashashga mahkum etilgan mazlum podshohdir. Ana shu ziddiyat sababli bugungi kunda ham jamiyatning bir qismi Sulton Vahdeddinni xoin deb atab, la’natlayotgan bo‘lsa, boshqa bir qismi esa uni rahmat bilan eslaydi. Sulton Vahdeddin haqida ko‘plab kitoblar yozilgan bo‘lsa-da, ularning juda oz qismi xolis va ilmiydir. Bu kitoblar haqiqatni ochib bermaganidek, axborot chalkashligiga sabab bo‘lgan, masalani juda murakkab holatga keltirib qo‘ygan.
Qo‘lingizdagi ushbu kitob rasmiy tarix va muqobil tarixda Sulton Vahdeddin haqidagi qarashlarni solishtirish va qaysi biri to‘g‘ri ekaniga javob izlash maqsadida tayyorlangan. Kitobda har bir o‘quvchi oson tushunishi uchun eski so‘zlardan yiroq, sodda va oddiy til ishlatilgan; to‘liq manbalar va hujjatlarga asoslangan aniq ma’lumotlarni keltirish uchun katta e’tibor berilgan.
- Milliy Kurash g‘oyasini birinchi bo‘lib kim ilgari surdi?
- Mustafo Kemalni Samsunga Vahdeddin yubordimi?
- Vahdeddin, Mustafo Kemalga Milliy Kurashda foydalanishi uchun qirq ming tilla berdi mi?
- Mustafo Kemal Samsunga yetib borgandan keyin nimalar yuz berdi?
- Mustafo Kemalni Istanbulga qaytishi uchun kim chaqirdi, Istanbulga qaytmagan Mustafo Kemalning rejasi nima edi?
- Vahdeddin Milliy Kurash davomida Mustafo Kemalga yashirin yordam ko‘rsatdimi?
- Mustafo Kemal va uning safdoshlari haqida “Millatchilarni to‘xtating!” buyrug‘ini kim berdi?
- Vahdeddin inglizlarga davlatni bosib oling deb taklif kiritdimi?
- Inglizlar Mustafo Kemalga suiqasd rejalashtirib, nimani ko‘zlagan edilar?
- Milliy Kurash g‘alaba qozongandan so‘ng Mustafo Kemal va Vahdeddin tomonida nimalar yuz berdi?
- Vahdeddin Amerika prezidentiga xat yozib, turk xalqini shikoyat qildimi?
- Vahdeddin Mondros sulh bitimi imzolanishiga qarshi chiqdimi?
- Vahdeddin qochdimi yoki surgun qilindimi?
(Taqdimot Byulletenidan)
Sharhlar 0
Bir sharh yozish