Ozbekchauz
Mir.az » Kitoblar » Ümit Doğan - "Chuqurlikdagi Sulton Abdulhamid" PDF

Ümit Doğan - "Chuqurlikdagi Sulton Abdulhamid" PDF

Ümit Doğan - "Chuqurlikdagi Sulton Abdulhamid" PDF
  • Baholash: 5
  • Sharhlar: 0
Ommaboplik 80% 80%


Diqqatni jalb qiladiganlar

* Masonlarning Abdulhamidga qarshi to‘ntarish va suiqasd rejalari qanday edi?
* O‘zidan yer talab qilgan sionizm yetakchisi Herzl’ni koyib, huzuridan haydab chiqarganmi?
* Angliyaga qarshi IRA’ni Sulton Abdulhamid tuzdirganmi?
* Ittihodchilar yahudiylarga yer sotishi uchun Abdulhamidga bosim o‘tkazganmi?
* Sulton Abdulhamid armanlarning bomba bilan suiqasdidin qanday qutulgan?
* Necha marta uylangan, farzandlari kim bo‘lgan, ularning taqdiri nima bo‘lgan?
* Mashhur yahudiy oilasi Rotshildlarga davlat ordeni taqib berganmi?
* Yahudiylar uning davrida Falastinda o‘zlariga yurt topganmi?
* U nega razvedkaga ahamiyat bergan?
* Maxfiy xizmatni nega tuzgan?
* Matbuotda senzura joriy qilganmi?
* Yildiz sudi raqiblaridan qutulish uchun uyushtirilgan soxta sud bo‘lganmi?
* Midhat poshoning o‘ldirilishiga aloqasi bormi?
* Abdulhamidni taxtdan tushirish uchun ayol kiyimida Chiragan saroyiga kirganlar kim edi?
* Enver posho Sulton Abdulhamidni taxtdan tushirgani uchun keyin afsuslanganmi?

Sulton II Abdulhamid Xan XIX asrning so‘nggi choragida Usmoniylar taxtiga o‘tirgan, 33 yil davomida sultonlik qilgan va bu davrga o‘z muhrini bosgan.
II Abdulhamid davri haqida yozilgan tarixiy manbalarda to‘liq kelishuvga erishilmagan va bu davr tarixchilar orasida katta bahslarga sabab bo‘lgan. II Abdulhamid davrini baholashda mualliflarning dunyoqarashiga ko‘ra haddan tashqari maqtov yoki tanqid bo‘lishi mumkinligini unutmaslik kerak. Darhaqiqat, II Abdulhamid davrini o‘rgangan tadqiqotchilar orasida Sultonni qattiq tanqid qilgan va uni zo‘ravon boshqaruv o‘rnatganlikda ayblaganlar ham, deyarli har bir qarorini muvaffaqiyatli siyosiy yurish deb baholab, so‘zsiz olqishlaganlar ham bor. II Abdulhamid taxtdan tushirilganidan 1940-yillarning oxirigacha salbiy shaxs sifatida baholangan bo‘lsa, bu vaqtdan keyin vaziyat o‘zgargan va Sulton davlat arbobidan ham ortiq, favqulodda shaxs sifatida ko‘rsatilgan. Abdulhamid davrida yashagan shaxslarning xotiralarida ham Sulton haqida turlicha fikrlar uchraydi. U haqda o‘nlab tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lsa-da, Sulton II Abdulhamid davri atrofidagi bahslar davom etmoqda va bu sirli Sulton tarixning chuqur qatlamlarida o‘z o‘rnini saqlab qolmoqda.
Ushbu kitob II Abdulhamid va uning davri haqidagi bahslarga yangi yo‘nalish berishni maqsad qilmagan bo‘lsa-da, davr manbalari batafsil o‘rganilib, katta ehtiyotkorlik bilan tayyorlangan. Kitobda Abdulhamid davrida yuz bergan muhim va bahsli voqealarga o‘rin berilib, bu voqealar ob’ektiv tarzda yoritishga harakat qilingan.

Ümit Doğan - "Chuqurlikdagi Sulton Abdulhamid" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.

Sharhlar 0

Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!

Bir sharh yozish