Şükran Yiğit "Tom qavati oshiqalari" PDF
Yo‘llari Arnavutko‘yda bir tom qavatida to‘qnashgan uch kishi: Sureyya, Laden, Merjon. Uch xil o‘tmish, uch xil xotira... Sureyya, shu qarilik kunlarida, aynan ko‘ngliga mos ikki ijarachini topadi tom qavatidagi ikki xonasiga: ochiqko‘ngil, mehribon, iliq fe’l-atvori bilan “Janublik Ayol” Laden va sovuq, masofali, yopiq tabiatli “Malakasiz Erkak” Merjon. Uchkisi goh Sureyyaning kitob-kanstelyariya do‘konida, goh uyida birga bo‘la boshlaydi. Ba’zan yaxshi damlangan choy, ba’zan bir qadah sharob, ba’zan esa Bo‘g‘ozning shabadasi, lekin har doim sirlar, har doim noma’lumning soyasi ularga hamrohlik qiladi. Sureyyaning dahshatiga aylangan Berrin xonimning sirlari ochilishi kerak. Shu yo‘lda kirib qolgan labirintda Berrin xonimning soyasini quvib, o‘z tarixlarini, yashay olmagan (yoki yashamagan) sevgilarini, yuzlashuvlarini, gunohlarini asta-sekin bizga ham pichirlab berishadi.
Sharhlar 0
Bir sharh yozish