Birol Akgün — "11-sentabrdan so‘ng Dunyo, AQSh va Turkiya" PDF
2001-yil 11-sentabr kuni AQShning Nyu-York va Vashington shaharlarida ramziy ikkita nishon kutilmagan tarzda terrorchilik hujumlariga uchradi. Xalqaro kapital va AQSh kapitalizmining markazi hisoblangan Jahon Savdo Markazi yer bilan yakson qilindi, AQSh mudofaasi yuragi sanalgan Pentagon esa zarbaga uchradi. Taxminan 3500 nafar tinch aholi hayotdan ko‘z yumgan ushbu mudhish hujumdan keyingi kuni fransuzlarning mashhur gazetasi Le Figaro bugun hammamiz amerikalikmiz, deb sarlavha qo‘ydi. O‘z siyosiy tarixida Perl-Xarbor bosqinidan keyin boshidan kechirgan eng yirik hujum bo‘lgan 11-sentabrga nisbatan AQShning global miqyosda ishlab chiqqan siyosatlari va Prezident Bushning harbiy ritorikasi esa Yevropa hamda butun dunyoda AQShning aybsizligi, ishonchliligi va ishontiruvchanligini yo‘qotishiga olib keldi.
Sharhlar 0
Bir sharh yozish