Jack Londonning yarim avtobiografik romani "Martin Eden" 20-asr boshida ijtimoiy va mafkuraviy masalalarga urg‘u bergan mazmuni bilan Amerika adabiyotida keng e’tirof etilgan. London turli sinflar o‘rtasidagi dunyoqarash va qadriyatlar farqini ko‘z o‘ngimizga keltirar ekan, maqom va boylikning Amerika jamiyatidagi hayotiy ahamiyatiga ishora qiladi. Romaning asosiy mavzularidan biri — muvaffaqiyat va farovonlik yo‘li ijtimoiy sinf farqiga qaramasdan hammaga ochiq degan fikr bilan ifodalash mumkin bo‘lgan Amerika Orzusi. Yoki bu idealning keltirgan ulkan umidsizligi... London romanini san’atkorning shogirdlikdan pishiq yetuklikka o‘tish jarayonini tasvirlovchi Künstlerroman an’anasida yozgan. U Martinning sevgisi yo‘lida savodsiz yosh ishchidan muvaffaqiyatli va nafis yozuvchiga aylanish uchun kurashini hikoya qiladi. Qahramon maqsadiga yetganda esa, motivatsiyasini va hayajonini allaqachon yo‘qotgan, fojeali yakunga tomon sudralib boradi...
Sharhlar 0
Bir sharh yozish