Ozbekchauz
Mir.az » Kitoblar » Jack London "Oq Tish" PDF

Jack London "Oq Tish" PDF

Jack London "Oq Tish" PDF
  • Baholash: 145
  • Sharhlar: 0
Ommaboplik 83% 83%


Diqqatni jalb qiladiganlar
Muzlagan daryoning ikki sohili qorong‘i archa daraxtlari bilan qoplangan edi. Shamol shoxlardagi qor qoplamini endigina sidirib o‘tgan, tobora so‘nayotgan kun yorug‘ida daraxtlar bir-birining ustiga qulab tushayotgandek qorong‘i, dahshatli soyalar bo‘lib ko‘rinardi. Jonsiz, qimirlamas, hatto og‘riq ham sezilmaydigan darajada huvillagan va sovuq bo‘lgan bu yovvoyi yurtda og‘ir sukunat hukm surardi. Go‘yo yashirincha achchiq jaranglagan kulgi bor edi; barcha azoblardan ham dahshatli, muzdek sovuq, Sfenks tabassumi kabi sovuq, majburiyatdek qat’iy bir kulgi! Shafqatsiz, cheksiz bir abadiyat, hayot va yashash uchun kurashning befoydaligini masxara qilayotgandek edi. Bu shimolning o‘sha beg‘ubor, to‘xtov bilmas, muzdek vahshiyligi edi. Lekin baribir bu begona yurtda hayot bor edi, hamda osonlikcha taslim bo‘lmaydigan, chidamli bir hayot! Chunki bo‘riga o‘xshash itlar to‘dasi muzlagan daryo o‘zanidan zo‘rg‘a harakatlanib borardi. Hayvonlarning qalin junlari muzlab qolgan edi. Og‘izlaridan qalin bug‘ chiqib, nafaslari havoga aralashib, mayda muz bo‘lakchalariga aylanib, junlariga yopishardi. Ular arqonlar bilan bog‘langan holda chana tortib borishardi. Chanani mustahkam daraxt po‘stlog‘idan yasashgan, u qorlarda oyoqsiz sirg‘anib borardi. Chanani uchi oldida to‘lqindek yoyilib ketayotgan qalin qor uyumlarini chetga surib yuboradigan qilib yuqoriga ko‘tarilgan edi. Chanada ingichka va uzun tobut bor edi; bundan tashqari adyollar, bir bolta, bir qahva qaynatgich va bir tova bor edi. Uzun tobut anchagina joy egallagan edi. Itlarning oldida bir odam borardi, chanani orqasida esa yana bir odam bor edi. Ikkalasi ham keng qor etiklarini kiyib olishgan edi.
Jack London "Oq Tish" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.

Sharhlar 0

Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!

Bir sharh yozish