Jack Foster "Fikrani Qanday Topish Mumkin" PDF
Ko‘p kulgan uzoq umr ko‘radi. Mary Pettibone Poole Goethe’ni o‘qiyotganda, ba’zida u kulgili bo‘lishga harakat qilayotgandek tuyulib, o‘zimni noqulay his qilaman. Guy Davenport Jiddiylik — sayozlikning yagona panohidir. Oscar Wilde Miyangizga fikr mashqi berishingiz uchun tayyorlagan tavsiyalar ro‘yxatimning birinchi o‘rniga ko‘ngilocharlikni qo‘yganim tasodif emas. Haqiqatan ham, tajribamga ko‘ra, ko‘ngilocharlik eng muhim masala. Mana sababi: Odatda, reklama agentligining bir loyihasida, ijodiy bo‘limdan bir matn muallifi va bir san’at rahbari jamoa bo‘lib ishlaydi. Ba’zi bo‘limlarda va ko‘pincha men boshqarganlarda, ikki yoki uchta jamoa bir loyihada birga ishlashadi. Mening bo‘limimga shunday ish tushganda, boshidan qaysi jamoa eng yaxshi g‘oyalarni, eng mukammal reklamalarni, eng zo‘r televizion va billboard ishlarini olib kelishini bilaman. Bu, o‘z ichida eng ko‘ngilochar ishlaydigan jamoa bo‘ladi. Jiddiy bo‘lib, qovog‘i solingan holda ishlaydigan jamoalardan ko‘pincha yaxshi ish chiqmaydi. Aksincha, kulib, qah-qaha otadiganlardan doim ajoyib ishlar chiqadi. O‘zlarini xursand qilishlari, fikrlar bilan to‘lib-toshishlaridanmi? Yoki fikrlar bilan to‘lishlari, ko‘ngilochar ishlashlaridanmi? Ikkinchisi. Buni so‘rashga ham hojat yo‘q. Oxir-oqibat, siz ham bu har qanday ish uchun amal qilishini bilasiz: ko‘ngilochar ishlaydigan odamlar yaxshiroq natija beradi. Unda nega ayni holat, fikr topib, ishlab chiqaradiganlar uchun ham amal qilmasin? “Agentlikdagi ishingizni ko‘ngilochar qiling”, deb takrorlardi bizning agentlik prezidenti David Ogilvy.
Jack Foster "Fikrani Qanday Topish Mumkin" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.
Qo'llab-quvvat bering
Sharhlar 0
Bir sharh yozish