Aristotel "Ritorika" PDF
Ritorika va Poetika bir-biriga parallel yo‘nalishda rivojlangan yoki bir-birini to‘ldiruvchi asarlar deb o‘ylash qiyin. Ular ko‘rib chiqilgan fikr tarziga qarab, o‘zaro bog‘liq bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Aristotel o‘zidan keyingi avlodlar davomida har ikki sohada ham bir autoritet bo‘lib qoladi; uning nomi va obro‘si ikki mavzuni birga olib borishda muhim rol o‘ynaydi. Buning sababi, she’riyatning Ritorikada tavsiflovchi, tasvirlovchi vosita sifatida Aristotel uchun foydali bo‘lganidadir – uning tragediya nutqlaridan juda ko‘p noyob dalillar keltirganiga e’tibor qaratish lozim. Shunga qaramay, dastlab, u notiqlik va she’riyat o‘rtasidagi parallelliklarga emas, ritorika va dialektik isbotlash o‘rtasidagi parallelliklarga qiziqqan edi. Poetika’ni yaratishda uning maqsadi eng yaxshi adabiy namunalar uchun mezonlar belgilash edi; Ritorikada esa bunday da’vosi yo‘q. To‘g‘ri, Lisias va Demosten nutqlari, Gomer, Sofokl va Platon bilan bir darajada bo‘lmasa ham, yunon adabiyotining hammaga ma’lum durdonalari qatoriga kiradi; Aristotel davrida ham ular “o‘qilardi”. Byork va Fransuz inqilobi notiqlari, Kobden va Brayt, Vebster va Linkoln, Gladston va Cherchill notiqligining o‘z mamlakatlari adabiyotida o‘rni borligi haqidagi fikr ham to‘g‘ri. Lekin, bu darajada nufuzli 1) Men Aristotelning Ritorikasini, Ritorika va Poetikaning Modern Library’dagi birga nashridan tarjima qildim. Ritorikani W. Rhys Roberts, Poetikani esa Ingram Bywater ingliz tiliga tarjima qilgan. Aristotelning har ikki asari uchun ham kirish qismini Fridrix Solmsen yozgan. Men bu yerda keltirgan kirish qismi faqat Ritorikaga oid qismidir. Ritorika matnining tashqi chetidagi raqamlar Avgust Immanuel Bekker tayyorlagan yunoncha Aristotel nashrining (1831-36, Berlin) sahifa va satr raqamlaridir. (Aristotel asarlarida bir parchani ko‘rsatishda ushbu standart nashrning sahifa va satr raqamlaridan foydalanish an’anaga aylangan.)
Aristotel "Ritorika" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.
Qo'llab-quvvat bering
Mir.az ni qo'llab-quvvatlash uchun To'lov!
Saytimiz faol qolish uchun Patreon hisobini ochdi va sizning qo'llab-quvvatingizni kutmoqdamiz. Qancha bo'lsa, bir nechta dollar ham, sizning qo'llab-quvvatingiz biz uchun juda ahamiyatli... Nima uchun bizga qo'llab-quvvat kerak?Sharhlar 0
Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!