Ozbekchauz
Mir.az » Kitoblar » Aykut Oğut "Koinotdan Imtiyozim Bor" PDF

Aykut Oğut "Koinotdan Imtiyozim Bor" PDF

Aykut Oğut "Koinotdan Imtiyozim Bor" PDF
  • Baholash: 27
  • Sharhlar: 0
Ommaboplik 81% 81%


Diqqatni jalb qiladiganlar
Insoniyat ming yillar davomida “Hayotning maqsadi nima?” degan savolga javob topishga harakat qilib keldi. Faylasuflar yillar davom etgan izlanishlar natijasida bu mavzular haqida kitoblar yozishdi; biz esa doim bu kitoblarni o‘qib, ularning yozganlarini tushunishga harakat qildik. Ularning bu savolga bergan javobining hanuzgacha aniq tushunilmaganining sababi juda oddiy. Doim murakkab va hamma anglay olmaydigan javoblarni izlab yuraverdik. Inson sifatida doim SODDA tushunchasidan uzoq yurdik. Faqat uzoq yurish bilan cheklanmadik, yana SODDA bo‘lgan hamma narsani kamsita boshladik. Shunday bo‘ldiki, “Sodda” so‘zi tilimizda salbiy ma’noda o‘rnashib qoldi. Sodda ayol, sodda savol, sodda munosabat, sodda hisob-kitob va hokazo. Murakkab narsa yaratish va uni tushunadigan odam bo‘lish biz uchun juda muhim bir hodisaga aylandi. Tasavvur qiling, faylasuflardan biri bilan orangizda quyidagi suhbat bo‘lsa: - Hayotning maqsadi nima, ustoz? - Tajriba qilish va zavqlanish! - Bo‘lishi mumkin emas, bu qadar sodda bo‘la olmaydi, yana nima? - Shunchaki. Faqat tajriba qilish va undan zavqlanish! - Qilmang, ustoz. Albatta, bundan boshqa narsa ham bo‘lishi kerak. - Yo‘q! - Lekin... Ehtimol, bu faylasufning yonidan chiqqaningizdan so‘ng, suhbat qanday o‘tganini so‘ragan do‘stingizga quyidagicha javob berasiz: - Bu odam hech nimani bilmaydi, qo‘yaver! Mana, sizga aytmoqchi bo‘lgan yomon xabarim shu. Pul to‘lab olgan va vaqt ajratib o‘qiy boshlagan bu kitobning sizga aytadigan birinchi gapi: “Hayotning Yagona Maqsadi Tajriba Qilish va Zavqlanishdir” Hozir, ko‘pchiligingiz kulib tasdiqlayotganingizni ko‘rib turibman. Ba’zilar bu satrlarni o‘qimay ham qo‘ygandir, chunki kitob allaqachon axlat qutisiga uchib ketgan. Bir qismingiz esa, aynan nimani nazarda tutganimni tushunmagan bo‘lishi mumkin. Mayli, baribir yagona maqsadim – sizga yuqorida katta harflar bilan yozgan bitta gapimning ma’nosini butun kitob davomida tushuntirish.
Aykut Oğut "Koinotdan Imtiyozim Bor" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.

Sharhlar 0

Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!

Bir sharh yozish