Robin Sharma "Ferrarisini Sotgan Dono" PDF
Gavjum sud zalining o‘rtasida cho‘kkan holda o‘tirardi. U – katta orzulari bor, aqlli, chiroyli, qo‘rqmas va mamlakatning eng nufuzli sud advokati edi.
Uni 17 yildan beri tanirdim. Julianing hayratlanarli sud chiqishlari doim gazetalar birinchi sahifalarida joy olardi. Ko‘pchilik faqat orzu qilishi mumkin bo‘lgan hamma narsaga ega edi: yulduzlarga yetadigan kasbiy shuhrat, millionlab dollarlik bank hisoblari, eng qimmat mahallada ajoyib bir saroy, shaxsiy samolyot, tropik orol va u yerda yozgi uy, va eng qadrli boyligi – uyi oldidagi maxsus yo‘lakda to‘xtab turgan qizil Ferrari.
Endi esa Buyuk Julian yurak xurujiga uchragan, ojiz bir chaqaloqdek yerda tipirchilab, tentaklarcha titrardi.
Bularning barchasi uch yildan ko‘proq vaqt oldin sodir bo‘lgan edi. Julian haqida eshitgan oxirgi gapim – uning Hindistonga ketgani edi. Sheriklaridan biriga hayotini soddalashtirmoqchi ekanini, ba’zi javoblarga muhtojligini va ularni shu mistik mamlakatda topmoqchi ekanini aytgan edi. Ishini tashlab, saroyini, orolini va samolyotini sotgan, hatto Ferrari’sini ham sotib yuborgan edi.
Bir kuni ofisim eshigi sekin ochildi. Eshik ortida hayot va energiya sochib turgan, yosh va chiroyli ko‘rinishidan ham ko‘ra deyarli muqaddas deb aytish mumkin bo‘lgan bir osoyishtalikka ega, tabassum qilayotgan bir odam paydo bo‘ldi.
"Har ehtimolga qarshi ishimi olib qo‘ymoqchi bo‘lgan chaqqon advokat shekilli", deb o‘yladim.
Yosh yigit o‘zi yaxshi ko‘rgan shogirdini kuzatayotgan Budda kabi tabassum bilan menga qarab turardi. Chidab bo‘lmas sukunatdan so‘ng, hayratlanarli darajada buyruq ohangida gapirdi:
"Hamma mehmonlaringga shunday muomala qilasanmi, Jon, ayniqsa senga sud zalining sirlarini o‘rgatgan odamga?"
"Julian? Bu senmisan? Ishonmayapman! Rostan ham o‘zingmisan?"
Kuchli kulgisi shubhalarimni tasdiqladi. Qarshimda turgan yosh yigit uzoq vaqt yo‘qolgan o‘sha hindistonlik Yogi – Julian Mantledan boshqa hech kim emas edi. Uning aql bovar qilmas o‘zgarishidan hayratda qoldim.
Robin Sharma "Ferrarisini Sotgan Dono" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.
Qo'llab-quvvat bering
Sharhlar 0
Bir sharh yozish