Stiven Uilyam Xoking "Yong‘oq po‘stlog‘idagi koinot" PDF
Vaqtning qisqa tarixi (A Brief History of Time) nomli mashhur kitobim bunday muvaffaqiyat qozonishini kutmagandim. Kitobim uzoq vaqt davomida Londonda chop etiladigan Sunday Times gazetasining eng ko‘p sotilgan kitoblar ro‘yxatida to‘rt yildan ortiq turdi. O‘sha paytgacha hech bir kitob bu ro‘yxatda bunchalik uzoq qolmagan edi; ayniqsa, bu oson tushunilmaydigan, ilmiy kitob uchun juda e’tiborga loyiq holat edi. Shundan so‘ng, o‘quvchilar qachon davomiy kitob yozishimni so‘ray boshlashdi. Bunga ko‘nmadim, chunki "Qisqa Tarixning O‘g‘li" yoki "Vaqtning Biroz Uzunroq Tarixi" kabi kitob yozishni xohlamasdim, ustiga-ustak, qattiq tadqiqotlar bilan band edim. Ammo oxir-oqibat, tushunilishi osonroq, boshqacha turdagi kitobga ehtiyoj borligiga ishondim. "Vaqtning qisqa tarixi" kitobi chiziqli tuzilishga sodiq edi. Ko‘pgina boblar mantiqiy bog‘liqlikda, o‘zidan oldingi boblarni davom ettirardi. Bu ayrim o‘quvchilarga qiziqarli tuyuldi, biroq boshqalari boshidagi boblarda to‘xtab qolib, keyingi, yanada jozibador ma’lumotlarga hech qachon yetib bora olishmadi. Bunga qarshi ravishda, bu kitob ko‘proq daraxtga o‘xshaydi: 1- va 2-boblar boshqa boblar tarmoqlanadigan markaziy tanani tashkil etadi. Tarmoqlar bir-biridan ancha mustaqil va markaziy tanadan so‘ng, istalgan tartibda o‘qilishi mumkin. Bular "Vaqtning qisqa tarixi" nomli kitobim nashr etilganidan beri ustida ishlagan yoki o‘ylagan sohalarimga mos keladi. Shu tariqa, yangi tadqiqotlarning eng faol sohalari ta’rifi bo‘ladi. Bundan tashqari, har bir bob ichida ham chiziqli, yagona tuzilishdan qochishga harakat qildim. Rasmlar va sarlavhalar, 1996-yilda nashr etilgan "The Illustrated Brief History of Time" kitobimda bo‘lgani kabi, matnga alternativ yo‘l beradi, matn oynalari esa, ayrim mavzularni asosiy matnga qaraganda batafsilroq ko‘rib chiqish imkonini beradi.
Stiven Uilyam Xoking "Yong‘oq po‘stlog‘idagi koinot" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.
Qo'llab-quvvat bering
Sharhlar 0
Bir sharh yozish