Ozbekchauz
Mir.az » Kitoblar » Jules Payot "Iroda tarbiyasi" PDF

Jules Payot "Iroda tarbiyasi" PDF

Jules Payot "Iroda tarbiyasi" PDF
  • Baholash: 86
  • Sharhlar: 0
Ommaboplik 71% 71%


Diqqatni jalb qiladiganlar
Monsieur Girard bizga bir kitob tavsiya qildi va albatta o‘qishimizni aytdi. Bu, Aix-Marseille universiteti rektori Jules Payotning "Iroda tarbiyasi" nomli kitobi edi. Ertasi kuni shaharga tushib, kitobni sotib oldim, qari eman daraxti tagida o‘tirib, "Iroda tarbiyasi"ni o‘qishga kirishdim. O‘qigan sari, shu paytgacha o‘qimaganligimdan afsus va pushaymonlik aralash bir noaniq og‘riqni ichimda his qila boshladim. O‘zimga, eh, bu kitob o‘n sakkiz-yigirma yoshimda qo‘limga tushganida edi, deb, kech qolganim uchun afsuslanardim. Prof. Dr. Ali Fuat Bashgil Tartib-intizomda ishlashni shu kitobdan o‘rgandim. Jemil Merich "Iroda tarbiyasi" Turk ta’lim tizimi jiddiy o‘rganishi kerak bo‘lgan bir asardir. Jemil Merichning "Tartib-intizomda ishlashni shu kitobdan o‘rgandim", deb ta’riflagan "Iroda tarbiyasi" ilk nashr etilganidan boshlab ko‘plab tillarga tarjima qilingan va dangasalik, istaksizlik kabi odatlardan qutulishni istaganlar uchun stol usti kitobiga aylangan. Kitobda ayniqsa yoshlarga va aqliy mehnat qiluvchilarga murojaat qilgan fransuz professori o‘z hayotidan keltirgan misollar va boshqa mutafakkirlarning fikrlarini ham ishlatib, inson iroda zaifligi bilan qanday kurashish kerakligini tushuntiradi. Dangasalikning tashqi muhitdan kelib chiqadigan barcha zararli ta’sirlariga qarshi Payotning taklifi shunday: Iroda tarbiyasi. Xo‘sh, bu iroda tarbiyasi nima va qanday amalga oshiriladi? Ana endi Payot, yillar davomida to‘plagan kuzatuv va tajribasi bilan iroda tarbiyasi kurashining har bir bosqichini va bajariladigan ishlarni birma-bir tushuntirib beradi. Irodamiz qanchalik kuchli bo‘lsa, hayotda sog‘lom, baxtli va muvaffaqiyatli bo‘lish imkoniyatimiz ham shunchalik ortadi.
Jules Payot "Iroda tarbiyasi" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.

Sharhlar 0

Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!

Bir sharh yozish