Christian Jacq "Hiram Usta va Sulaymon Payg'ambar" PDF
1947 yilda tug‘ilgan, ejiptologiya doktori bo‘lgan muallifning ko‘plab kitoblari nashr etilgan. Ramses instituti direktori Christian Jacq, "Quyosh Malikasi" asari bilan Tarixiy Roman yo‘nalishida Jeand’heurs mukofotiga va "Buyuk Fir’avnlar Misri" asari bilan ham Fransiya akademiyasi mukofotiga sazovor bo‘lgan. "Tutankamon Hodisasi" 1992 yilda Nashriyotlar mukofotini olgan. Asarlari ko‘plab tillarga tarjima qilingan va so‘nggi yillarda eng ko‘p o‘qilgan kitoblar qatoridan joy olgan.

Dovudning o‘g‘li Sulaymon taxtga chiqqanida, Isroil ichki nizolar bilan parchalangan edi. Bir necha yil ichida cho‘l shahzodasi Isroilni birlashtiradi va zimmasiga yuklangan muqaddas vazifa bilan juda jasur orzuni amalga oshirishga kirishadi.
Bu, Quddus qoyasi ustida ma’bad qurish edi. Fir’avnlar Misriga qoyil qolgan Sulaymon Payg‘ambar, quruvchi usta Hiramga murojaat qiladi. Odamlardan yiroq yuradigan bu g‘alati inson avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan chizmachilik san’ati, o‘sha sirli fan sirlari haqida bilardi. Bu ikki inson birga, ham xalq, ham ruhoniylar tabaqasiga qarshi chiqib, bir durdona asar yaratadilar... (Orqa muqovadan)
Christian Jacq "Hiram Usta va Sulaymon Payg'ambar" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.
Qo'llab-quvvat bering
Sharhlar 0
Bir sharh yozish