Ozbekchauz
Mir.az » Kitoblar » Daniel Gilbert — "Baxt Miyada Boshlanadi — Sizni Rostdan Nima Baxtli Qilishini Bilasizmi?" PDF

Daniel Gilbert — "Baxt Miyada Boshlanadi — Sizni Rostdan Nima Baxtli Qilishini Bilasizmi?" PDF

Daniel Gilbert — "Baxt Miyada Boshlanadi — Sizni Rostdan Nima Baxtli Qilishini Bilasizmi?" PDF
  • Baholash: 0
  • Sharhlar: 0
Ommaboplik 100% 100%


Diqqatni jalb qiladiganlar

“Hamma bu kitobni o‘qishdan zavq oladi. Ba’zilarimiz esa, kashki uni o‘zimiz yozgan bo‘lsak, deb o‘ylaydi.
Shunchalik maroqli tarzda, bunchalik muhim mavzuda ko‘p narsa o‘rganish imkoniyati kamdan-kam qo‘lga kiritiladi.”
- Daniel Kahneman, 2002 yilgi Nobel Iqtisodiyot mukofoti sohibi

“Agar insoniyatga doir bir ozgina qiziqishingiz bo‘lsa, bu kitobni o‘qishingiz kerak. Menga ishoning.”
– Malcolm Gladwell, Blink kitobi muallifi

“Sizni nima baxtli qilayotganini bilaman deb o‘ylaysizmi? Mutlaqo ajoyib bo‘lgan bu kitob ongning ishlash usuliga oid eng chuqur e’tiqodlaringizni chil-parchin qiladi.”
– Steven D. Levitt, Freakonomics muallifi

Oson tushuniladigan ushbu ajoyib va hazilomuz kitobda Garvardlik mashhur psixolog Daniel Gilbert tasavvur kuchining zaif tomonlari va bashoratning illyuziyalari haqida so‘z yuritadi. Tilga olingan zaiflik va illyuziyalar ertangi kunimizni noto‘g‘ri talqin qilishimizga, mamnuniyatlarimizni noto‘g‘ri taxmin qilishimizga sabab bo‘ladi. Psixologiya, kognitiv neyrofan, falsafa va xulq-atvor iqtisodiyotidagi eng so‘nggi ilmiy tadqiqotlarni jonli tarzda namoyon etgan Gilbert, insoniyatga xos bo‘lgan kelajakni tasavvur qilish qobiliyati va unga yetganimizda undan qanchalik rozi bo‘lishimizni oldindan aytish imkoniyatimiz haqida olimlar nimalarni kashf etganini ochib beradi. O‘tkir ichki sezgi va yorqin ifodasi bilan, o‘zgarib borayotgan shaxslarimizning yuragi va ongiga doir nega bu qadar oz narsa bilishimizni tushuntirib beradi.

Daniel Gilbert — "Baxt Miyada Boshlanadi — Sizni Rostdan Nima Baxtli Qilishini Bilasizmi?" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.

Sharhlar 0

Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!

Bir sharh yozish