Ozbekchauz
Mir.az » Kitoblar » Mehmet Ali Bulut — "Ahkamsiz Hukmlar" PDF

Mehmet Ali Bulut — "Ahkamsiz Hukmlar" PDF

Mehmet Ali Bulut — "Ahkamsiz Hukmlar" PDF
  • Baholash: 0
  • Sharhlar: 0
Ommaboplik 100% 100%


Diqqatni jalb qiladiganlar

Bu yozuvlar qalamga olinganida, mendan boshqa o‘quvchim yo‘q edi. Aslida kimdir o‘qisin deb ham yozmagan edim. Yozganlarim, qadim zamonlarda, ko‘pincha, yuz bergan voqealarga nisbatan ichimda to‘plangan g‘azablar yoki mag‘lubiyatlar yoxud ichki kurashlardan iboratdir...
Hech biri ham bir martada yozilib, shundayligicha qolmagan. Bu kitobning faqat nomi va boshida joylashgan she’ri o‘zgarmagan. Qolganlariga esa vaqti-vaqti bilan qo‘shimchalar, o‘zgartirishlar kiritilgan...
Bu kitobdagi yozuvlarni birinchi qachon yozganimni eslay olmayman. Aslida, ham yozuv, ham baholash jihatidan ko‘pi no‘noqlik davriga tegishli bo‘lgani uchun, ularni “no‘noqlik” davriga mansub deb ayta olaman. Taxminan 20 yildan beri yozganim, turli voqealarga bo‘lgan munosabatimni ifoda etuvchi bu yozuvlarning 1999-yilda nashr etilishi taklifini olganimda, diqqat bilan qaradim va ko‘rdimki, ba’zilari haqiqatdan orzuga aylangan, bir qismi esa o‘zgarib, xotiraga aylangan. Biografiyamda “Ahkamsiz Hukmlar” nomli kitobim borligi yozilmaganida, ehtimol, bularni hech qachon chop etmagan bo‘lardim. Yozuvlar muhokama bo‘lgan ayrim davralarda berilgan nashr va’dalari, ehtimol, mazmundagi “zulfi yor”ga tegadigan iboralar sababli har safar boshqa bahorga qoldirildi. Hatto hozir ham nashr qilmasakmikan, deb o‘ylab qolaman. Lekin jamiyat/jamoalar, siyosiy voqealar va ijtimoiy yetilish nuqtai nazaridan qayerdan qayerga kelganimizni ko‘rsatadigan mezon bo‘lgani va o‘sha davrga oid ko‘plab misollarni o‘z ichiga olgani uchun, kelajakda bugungi kunlarni yozadiganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin, degan fikr bilan nashr etishga qaror qildim. Bundan tashqari, “bir zamonlar nimalar gapirilgan, nimalar muhokama qilingan, jamiyat nimalar bilan band bo‘lganini” eslatgani uchun ham o‘qishga arziydi, deb o‘ylaysiz.
Aslida juda keng qamrovli va 20 yil davomida to‘plangan bu yozuvlardagi shaxsiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan va o‘sha kunni qiziqtirgan ko‘plab voqealar va baholarni olib tashladim. Shu sababli voqealarni tasvirlar ekanman, imkon qadar umumiy hukmlarni berishga va aniq ism tilga olmasdan tasvirlashga harakat qildim hamda bir jamoa yoki jamiyat haqida gapirganda, ularni ranjitmaslik uchun so‘zni ehtiyotkorlik bilan ishlatishga harakat qildim.
Butunlay uddalay oldimmi? O‘ylamayman!
Natijada, shu asarning boshiga ko‘p narsa tushdi, qisqardi, o‘zgardi, elandi va shunday qilib bu asar sizning oldingizga keldi. Nomi ham “Ahkamsiz Hukmlar”. Men esa ahkamsiz hukmlar muftisi. Uni bir ko‘zgu deb biling. Undan ranjishga, unga achchiqlanishga, xafa bo‘lishga hojat yo‘q.
Asablaringizni buzadigan satrlar uchrasa; yelkangizga to‘kilgan qotib qolgan changni ko‘rsatgani uchun unga rahmat ham aytishingiz mumkin, achchiqlanib sindirishingiz ham mumkin... Tanlov sizniki.
Albatta, ko‘zguning ham kirli yoki zanglagan bo‘lishi mumkin. Yoki ba’zan konveks, ba’zan konkav bo‘lib qolgan joylari ham bo‘lishi mumkin. Shunday paytlarda “bir zamonlar nimalar bo‘lgan ekan” deb o‘tsangiz, menga mehribonlik, o‘zingizga esa rahm-shafqat qilgan bo‘lasiz.

Mehmet Ali Bulut — "Ahkamsiz Hukmlar" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.

Sharhlar 0

Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!

Bir sharh yozish