Ozbekchauz
Mir.az » Kitoblar » Mustafa Uslu — "Bola va Hayot" PDF

Mustafa Uslu — "Bola va Hayot" PDF

Mustafa Uslu — "Bola va Hayot" PDF
  • Baholash: 1
  • Sharhlar: 0
Ommaboplik 100% 100%


Diqqatni jalb qiladiganlar

Ota-onalar, bolaning tug‘ilishidan boshlab ‘baxtli va muvaffaqiyatli bola tarbiyalash uchun’ nimalarga e’tibor berishlari kerak? Savoliga javob bo‘la oladigan mavzularni ko‘rib chiqqan Ota-ona Qo‘llanmasining uchinchi kitobida, bolalarni hayotga tayyorlash va hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan ayrim muammolarning yechimi borasida bir qator maslahatlar beriladi. Tug‘ilganidan boshlab zarur rivojlanishi ta’minlangan va oilada asosiy tarbiyani olgan bola, osoyishta oilaviy muhitda ta’lim-tarbiyasini davom ettirar ekan, ota-onalar kasb tanlash, o‘smirlik, diniy hayot, kitob o‘qish odati, ijtimoiy hayot, turmush qurish kabi masalalarda nimalarga e’tibor berishlari kerak; zararli odatlardan bolani qanday himoya qilish mumkin? Bu borada qiziqqan ota-onalarning ko‘plab savollariga javobni ushbu kitobimizda topish mumkin.


Kitobimizning asosiy maqsadi — ota-onalarning farzandlarini yetarlicha tanishlari va ular bilan eng yaxshi muloqotni yo‘lga qo‘yishlariga yordam berishdir. Unutmaslik kerakki, ota-onasi bilan yetarli muloqot qila olmagan, hissiy jihatdan to‘liq qoniqishga erisha olmagan (moddiy ehtiyojlari qondirilgan bo‘lsa ham) bolalar baxtni turli do‘st va muhitlarda izlaydilar. Bu yoshlar ba’zan noto‘g‘ri tanlovlar qilishi yoki jamiyat axloqiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xatti-harakatlar namoyon qilishi mumkin. Bunday vaziyatda ota-onalar oson yo‘lni tanlab, “Bolamni muhit buzdi” yoki “Bolam do‘stlariga qurbon bo‘ldi” kabi bahonalar topadilar. Aslida esa, oilaviy muhitda baxtli va osoyishta bo‘lgan (oilasi tomonidan hissiy jihatdan qondirilgan va zarur mas’uliyat tuyg‘usiga ega bo‘lgan bola/yosh) hech qachon boshqalarning ortidan ergashmaydi, baxt va osoyishtalikni boshqalarda izlamaydi. Endi ilk yoshdan (hatto chaqaloqlik davridan) boshlab ota-ona tomonidan hissiy jihatdan qoniqishga erishadigan tarzda tarbiyalansa, ruhiy jihatdan sog‘lom va jamiyatning mustahkam poydevorini tashkil etuvchi baxtli inson bo‘ladi; o‘zini, oilasini va atrofidagilarni baxtli qiladi.


Ota-onalarning farzandlaridan kutgan umidlari ham ularning tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Bolaning qiziqishlari, bilimi, ko‘nikmasi, qobiliyati, jismoniy tuzilishi va kuchini inobatga olmasdan undan katta yutuqlar kutgan ota-onalar ham farzandlarini noto‘g‘ri yo‘naltirishi yoki o‘zlari kabi ularning ham ko‘ngli qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.


O‘z yashayotgan jamiyatining axloqiy va ma’naviy qadriyatlaridan, urf-odat va an’analaridan bexabar bo‘lib ulg‘aygan avlodlar, o‘zlarini fikr, ruh va jismoniy sog‘liq jihatidan salbiy ta’sir qiladigan do‘st va muhitlarning ta’siriga oson tushib qoladilar. Yoshlarning zararli odatlarga berilmasligining asosi — mustahkam oilaviy tarbiyada. Mukammal oilaviy tarbiya uchun ota-ona va bola o‘rtasida, bolalik (hatto chaqaloqlik) yillaridan boshlab sog‘lom va mustahkam muloqot o‘rnatilishi zarur. Buni esa faqat o‘z mas’uliyatini anglagan ota-onalar amalga oshira oladilar.


Shu sababli, vazifalarini mas’uliyat bilan, mas’uliyatini esa burch tuyg‘usi bilan ado etishga intiladigan ota-onalarga yordam berish uchun ‘Baxtli va Muvaffaqiyatli Bola Tarbiyalash uchun Ota-ona Qo‘llanmasi’ni yozdim. Ishimiz bu sohada yozilgan birinchi kitob emasligi, va oxirgisi ham bo‘lmasligining ham yaxshi anglayman. Kasbim tufayli, yillar davomida o‘quvchilarning xatti-harakatlarida kuzatgan ko‘plab salbiy holatlarning asosiy sababi oila (ota-ona) ekanligi, bunday asarni tayyorlashimga turtki bo‘lganini ham eslatib o‘tmoqchiman.


Unutmaslik kerakki, o‘z yashayotgan jamiyatining e’tiqod va axloqiy qadriyatlaridan, urf-odat va an’analaridan xabardor, bilimli, prinsipial, qat’iyatli, har tomonlama farzandini taniy oladigan ota-onalar baxtli va muvaffaqiyatli bolalarni tarbiyalay oladilar. Baxtli va muvaffaqiyatli bolalar — sog‘lom jamiyat a’zolari bo‘lib, moddiy va ma’naviy jihatdan kuchli xalqning poydevorini tashkil etadilar. “Farzandlaringizni odob va muhabbatdan mahrum qilmanglar”, degan muborak so‘z, bolani tarbiyalash jarayonida ota-onalar uchun muhim nur, yo‘l xaritasi bo‘lib xizmat qilishi aslo yoddan chiqmasligi kerak.


Ota-onalarning har davrda zarur sezgirlikni ko‘rsatib, vazifa va mas’uliyatini anglagan holda baxtli va muvaffaqiyatli bolalar tarbiyalashlarini tilab...


Mustafa USLU
2014 - Istanbul

Mustafa Uslu — "Bola va Hayot" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.

Sharhlar 0

Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!

Bir sharh yozish