Hazel Noya "Duzah 1" PDF
QIMOR O‘YINIDAMISAN YO SATRANJ DOSKASIDAN TUSHGAN PESHQADAMLARDAN BIRIMISAN?
Sirlari, xiyonatlari va zulmat bilan o‘ralgan bir dunyoning eshiklari ochilmoqda. Taqdir iplarini qo‘liga olganlar bilan bu iplarda osilib qolganlarning urushi boshlanmoqda. Eng muhim qoida — o‘lja emas, ovchi bo‘lish!
Qudrat uchun yozilgan qoidalar, majburiy bog‘liqlik va shafqatsiz adolat tizimi. Kimdir shu chiziqda yuradi, kimdir esa o‘z do‘zaxiga qulaydi. Familiyalar soyasida ulg‘aygan yoshlar, taqdir ularni sudragan bu urushda yoki o‘lja bo‘ladi, yoki ovchi. Lekin unutmangki, har bir ovchining ortida qorong‘u bir soya bor.
Narbekovlar, Olovlar, Borisovlar va Elemlar... To‘rt katta oila tomonidan tuzilgan "Arslonlar" tashkiloti qon bilan yozilgan qoidalar orqali kuch muvozanatini saqlashga harakat qilmoqda.
Duzah — kuch va qasos chegaralarida kezganlar, zulmat ichida o‘z nurini izlaganlarning hikoyasi.
Endi Nemea vodiysiga qadam qo‘ygan har kim butunlay boshqacha odam!
Sharhlar 0
Bir sharh yozish