Fatma Çetin Kabadayı — "Xayr, Ona" PDF
"Chiptalar, iltimos."
Duygu sumkasini ochdi, hamyonidan chiptasini olib uzatdi. Avtobus yo‘lga chiqqaniga o‘n besh daqiqa bo‘lgan, deyarli Anqaradan chiqib ketayotgan edi.
Ketayotgan edi.
Endi hech qachon qaytmasdi.
Qishloqdagi xolasinikiga borib, u yerda bir muddat qolmoqchi edi. Eng oxirgi chora xolasi edi, chunki. Mehmonxonalarning ba’zilari yoshini bahona qilib uni qabul qilmagan, qabul qilganlari esa Duyguga yoqmagan edi. Bir-ikki erkak juda ko‘p savol bergan, bittasi esa Duyguga go‘yo uni yeb qo‘ymoqchi bo‘lgandek qaragan edi. Baribir uning puli ko‘p edi. Bir necha kun xolasinikida qolib, qaytganda biror chora topardi.
Onasi va otasi Duygu uyg‘onganida allaqachon ketib bo‘lishgan edi. Ular uni maktab eshigi oldida kutayotgan paytda, Duygu avval omborni eski holiga keltirdi, barcha kundaliklarini sumkasiga soldi, xonasidan bir necha kiyim va bir-ikki juft poyabzal olib, uydan chiqib ketdi. Yillar davomida unga ona va ota bo‘lgan bu kishilarga ham qisqa bir xat yozib, shoshilinch tarzda uyni tark etdi.
Sharhlar 0
Bir sharh yozish