Andrey İllesch — "Qizil Otalar — Sovetlarda Mafiya" PDF
Mafiya — bu, noqonuniy ishlar bilan shug‘ullanuvchi, zo‘rlik ishlatib bir qator yashirin manfaatlarni ko‘zlaydigan, ko‘pincha yashirin va iyerarxik tuzilmaga asoslangan tashkilot yoki shu tashkilot a’zolari degan ma’noni anglatadi. Sovet Mafiyasi ba’zan G‘arb mafiyasi bilan solishtirib tushuntirilgan. Kitobdan bilib olamizki, u yerdagi mafiyaning shakllanishi filmlarda ko‘rganimizga unchalik o‘xshamaydi. Mafiya deyilganida albatta siyosiy qo‘llab-quvvatlash shart deb o‘ylayman, lekin Sovetlarda odamlar o‘zlari zanjirning bo‘g‘ini bo‘lib qolgan. Sovet Ittifoqining 1990 yilgacha bo‘lgan holatini ham tasvirlab, mafiyaning paydo bo‘lishida tanqislik muhim omil bo‘lganini ta’kidlaydi Illechning maqolasi: "Mafiya taqiqlardan emas, aksincha, jinoyatchi to‘dalar davlatni aldashiga imkon beradigan qonunlar bilan tartibga solingan iqtisodiy xatolardan kelib chiqadi. G‘arb mafiyasi — jinoyat kodeksiga zid faoliyat yuritadigan, og‘ir jinoyat qiladigan shaxslar tuzgan tashkilotdir. Bizning mafiyamiz esa faqat tashkilotlangan jinoyatchilikni emas, balki davlatdagi jinoyatchilikni ham o‘z ichiga oladi.....
Sharhlar 0
Bir sharh yozish