Barbara Davis "Qadimgi Kitoblarning Aksi" PDF
IKKI SIRLI KITOB.
ABADIY BIR MUHABBATNING AKSLARI.
Ashlyn Greerning kitoblarga bo‘lgan qiziqishi qog‘oz, siyoh va terining sehrli hididan ancha uzoqqa borardi. U tegib ko‘rgan har bir kitobda faqat u o‘qiy oladigan bir turdagi barmoq izi bor edi go‘yo, avvalgi egalarining qoldirgan hissiy izlarini ham his qila olardi.
Bir kuni qo‘liga ehtiyotkorlik bilan muqovalangan ikki kitob tushib qolganida, ularni aks-sadosi uni umuman kutmagan bir hikoyaning ichiga tortib ketdi. Uning iste’dodi tezda bir tobelikka aylanar ekan, izidan quvgan ishoralar o‘z o‘tmishi bilan yuzlashishini ham muqarrar qilardi.
Shaxslari noma’lum ikki yozuvchi bir-biriga murojaat qilib yozgani ayon bo‘lgan bu kitoblar fojiali bir sevgi hikoyasining ikki xil tomonini hikoya qilardi.
Ikkala tomon ham bir-biriga hayratlanarli ayblovlar qo‘yar ekan, 1940-yillarning Nyu-Yorki, o‘sha davr siyosiy va ijtimoiy muhitiga oid qiziqarli tafsilotlarni ham namoyon qilardi.
Bu sirli kitoblarning manbasini va yozuvchilarning haqiqiy shaxsini bilishga qat’iy bel bog‘lagan Ashlyn, qaerda ekanini bilmagan ikki siniq yurakning chaqirig‘iga ergashib, o‘zini o‘n yillar oldinga borib taqaladigan adabiy sirning ichida topdi va nima bo‘lsa ham uni yechishga qat’iy ahd qildi. Sirli oshiq-muhoabbatlar haqida yangi narsalarni bilib borgani sari,
ularning sevgi hikoyasini yakunlashga va o‘z hayotining tugallanmagan qismlarini to‘ldirishga ham bir qadam yaqinlashardi.
Sharhlar 0
Bir sharh yozish