Hanri Benazus — "Baxt — Tinchlik Eshigining Sehrli Kaliti" PDF
Uchib yurgan qushlarning qanotlaridami? Yoki yam-yashil vodiylarga qarshi mag'rur ko'tarilgan kulrang tog'larning bag'riga yashiringanmi bu “Baxt” deb atagan narsamiz?
Balki, kelinlik yoshiga yetgan bir go'zalning uyatchan pushti tabassumida yashiringandir.
Ehtimol, beparvo kulgilar sabab-natijasiz taralgan bir joyda, borligi bilan bir yurakka asir bo'lgandir “Baxt”.
Shunday bir o'ylab ko'rsak, shu “Baxt”ni izlash uchun qancha ko'p vaqt sarflaganimiz yodimizga tushadi va deyarli tentak bo'lib qolamiz. Uni topamiz deb deyarli har kuni, har soat o'zimiz bilan kurashib yuramiz.
Endi shunga ishonaman-ki; “Baxt”ning ta'rifi uchun barcha so'zlar ojiz.
Faqat his-tuyg'ular, sezgilar, ichki hayajonlar bilan ifodalash, tushunish va hayotni yanada yashashga arziydigan qilish, to'liq bir tinchlikka yetkazadigan bir tuyg'udir “Baxt”...
Sharhlar 0
Bir sharh yozish