Ahmad Kojojan — "Ikki Ko'ngil Bir Bo‘lsa" PDF
Turmush, mohiyati jihatidan juda ko‘p narsani anglatadi. Kim uchundir dunyo jannati, kim uchundir erkinlikning nihoyasi…
Kim uchundir qalblarning visoli, kim uchundir shartlarning idora-i maslahati…
Kim uchundir insonni himoya qiladigan bir qal’a, kim uchundir chidab bo‘lmas bir muammo…
Kim uchundir baxt kaliti, kim uchundir esa erkinlikning intihori…
Kim uchundir turmush, muhabbatning gavdalanib, jismoniy shaklga kirgan holati, kim uchundir esa qilgan gunohlarining jazosi…
Kim uchundir turmush, saodat saroyini barpo etish, kim uchundir esa o‘lmasdan qabarga kirish…
Kim uchundir bir vaqtni, bir joyni va bir to‘shakni bo‘lishish, kim uchundir esa bir erkak yoki ayol bilan butun umr janjallashish…
Ko‘rib turganingizdek, turmush bir xil emas, har kimning nigohida turli ma’nolarni o‘zida mujassam etgan ko‘p qirrali hodisadir.
Ma’noli va uzoq davom etadigan turmush qurish uchun qo‘lingizdagi kitob bir yo‘l xaritasi vazifasini bajaradi. Chunki turmush, tikanlarsiz atirgul bog‘i emas. Ushbu kitobni o‘qish orqali ko‘p noma’lumli tenglama bo‘lgan turmushni anglaysiz, bir yostiqda baxtli va keksalik sirlariga ega bo‘lasiz...
Sharhlar 0
Bir sharh yozish