Ozbekchauz
Mir.az » Kitoblar » Ahmet Kocacan — "Katta bo‘lgan sari" PDF

Ahmet Kocacan — "Katta bo‘lgan sari" PDF

Ahmet Kocacan — "Katta bo‘lgan sari" PDF
  • Baholash: 2
  • Sharhlar: 0
Ommaboplik 100% 100%


Diqqatni jalb qiladiganlar
Hurmatli ota-onalar va o‘qituvchilar! Qo‘lingizdagi ushbu kitob, farzandingizni yoki o‘quvchilaringizni yanada yaqindan o‘rganishingizga yordam beradi. Aysbergga o‘xshab ong ostida yashiringan sirlarni yuzaga chiqaradi. Ushbu kitobda: “Nima bo‘ldi bu bolaga?” savolining javoblarini topasiz. Shu tariqa, sevgi, e’tibor, qo‘rquv, xavotir, nafrat, qiziqish va tashvishlarini boshqalardan emas, aynan farzandingizdan eshitish imkoniga ega bo‘lasiz. Farzandingizning signal berayotgan xatti-harakatlarining kodlarini yechib, ularning sirlarini anglaysiz. Ushbu kitobni o‘qish orqali ko‘p qirrali insonni, uch yuz oltmish daraja tanish imkoniga ega bo‘lasiz. Inson umrida chorak asr hikoyasiga guvoh bo‘lasiz. Ijobiy intizom yondashuvi bilan yozilgan ushbu kitob, sizga farzandingizning ichki ovozini eshittiradi. His-tuyg‘ulariga tarjimonlik qiladi. Aziz bolalar va yoshlar! Ushbu kitob, shu bilan birga, sizlarga ham ulkan bir muvaffaqiyat hikoyasini so‘zlab beradi. Hayotning zarbasini yeganlarning emas, hayotga zarba berganlarning ibratli hikoyasini… Ushbu kitob orqali xatolar qilish muvaffaqiyatga to‘sqinlik qilmasligini o‘rganasiz. O‘smirlik davri fazilatli bo‘lishga to‘sqinlik qilmasligini tushunasiz. To‘siqlardan birma-bir o‘tib, yuksalgan bir yoshning hikoyasiga guvoh bo‘lasiz. Ushbu kitobda sen va senga o‘xshaganlarning hayot sarguzashtini o‘qiysan. O‘qigan har bir satrda sevgini, g‘azabini, pushaymonliklaringni, armonlaringni, telbaliklaringni, janjallaringni, orzularingni, sarguzashtlaringni, umidlaringni, o‘tmishingni va kelajagingni topasan. Kitobning oxirgi satriga yetganingda, aslo boshlagan joyingda bo‘lmaysan… Ushbu kitobda o‘zingni topasan. O‘zing bilan yuzlashishga tayyormisan? Agar javobing ha bo‘lsa, chorak asr hikoyasini o‘qiysan. O‘qigan sari katta bo‘lasan, “Katta bo‘lgan sari” o‘qiysan…
Ahmet Kocacan — "Katta bo‘lgan sari" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.

Sharhlar 0

Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!

Bir sharh yozish