Adora Yomg‘ir "Azob-uqubatlar Hukmdori - Wisteria 2" PDF
Wisteria Diyori imperatrisa Irithel Asano va imperator Drystan Asano tomonidan tinchlikda boshqarilardi, biroq paydo bo‘lgan bir folbin butun diyordagi osoyishtalikni buzishga qat’iy bel bog‘lagan edi. Imperiya esa folbin chiqqan Ocreya Qirolligini yaqindan kuzata boshlaydi.
Ocreya Qirolligi Vaseva oilasi tomonidan boshqarilardi. Qirollik vorislaridan biri bo‘lgan Euria Vaseva onasini va kichik singlisini yo‘qotgach, ularning qasosini olish uchun yillar davomida eng mohir jangchilar tomonidan o‘qitilgan, o‘zini suiqasdchi qilib yetishtirib, o‘n sakkiz yoshida Ocreya Qirolligining
eng mashhur suiqasdchisi bo‘lgan Kumush Qochqin nomini olgan edi.
Maqsadiga juda yaqinlashgan paytda otasi Qirol Halrod Kumush Qochqin deb atalgan suiqasdchini qo‘lga olishni buyurgach, Euria o‘z qasosi bilan taxt o‘rtasida nihoyatda og‘ir ahvolda qoladi. U tanlov qilishi shart. Yoki suiqasdchi kimligini tashlab taxtga o‘tiradi, yoki qasos izlab tojidan ayriladi.
Sharhlar 0
Bir sharh yozish