Ahmet Rifat Sağlam — "Dunyoning Senga Ehtiyoji Bor" PDF
Atrofimda baxtsiz, kelajakka umidsiz nigohlar bilan qarayotgan bir to‘da odamni ko‘rganimda, nimadir qilishim kerak deb o‘yladim.
Kimdir sevgi azobidan tushkunlikka tushgan, kimdir ishidan, kimdir turmush o‘rtog‘idan shikoyat qilmoqda...
Odamlarning aksariyati depressiyada va hammaning bir to‘da tashvishi bor.
Bir tomondan dunyoda zulm va adolatsizlik tobora ortib bormoqda.
Odamlar butun shafqatsizligi bilan bir-biriga zulm qilmoqda.
Kimdir bunga "To‘xta!" demog‘i kerak.
O‘sha kishi sensan. Endi o‘zingga o‘zing qaror qil...
Yoki chang-to‘zon ko‘tar; dunyo turguncha ismi yaxshilik bilan tilga olinadigan odam bo‘l.
Yoki ichingdagi burgutni qafasga qamab qo‘y; burgut bo‘lib tug‘ilib, tovuq bo‘lib o‘ldi, deb aytishsin...
Kurash ruhini yo‘qotmagan odam uchun erishib bo‘lmaydigan hech narsa yo‘q.
Ba’zan yugur, ba’zan yurgin, ba’zan sudral.
Lekin aslo to‘xtama!
Qat’iyat bilan yurgan odam hayotda muvaffaqiyatdan muvaffaqiyatga uchadi.
Ushbu kitobni, dunyo insoniyati nomidan, senga ehtiyojimiz borligi uchun yozdim.
Hech kimdan kutganing bo‘lmasin!
Kutilmalar odamni holdan toydiradi, charchatadi.
Senga hech kim kerak emas; faqat o‘zingga ehtiyojing bor.
Dunyoning senga ehtiyoji bor.
Ichingdagi ovozni eshitganingda, biz allaqachon yoningda bo‘lamiz.
Ahmet Rifat Sağlam — "Dunyoning Senga Ehtiyoji Bor" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.
Qo'llab-quvvat bering
Sharhlar 0
Bir sharh yozish