Fredrik Backman "Xavotirli odamlar" PDF
Hech qanday jinoyat sodir etilmagan, g‘oyib bo‘lib ketgan soxta bank o‘g‘risiga va o‘zlarida kutmaganday umumiy jihatlari borligini kashf etgan haddan tashqari xavotirli sakkiz notanish odamga oid ta’sirli va sehrli bir roman.
Uy ko‘rishga borish odatda hayot-mamot masalasiga aylanmaydi, biroq omadsiz bir bank o‘g‘risi potentsial xaridorlarga ko‘rsatilayotgan uyning ichiga bostirib kirib, bir guruh notanish odamni garovga olganida chinakam g‘alayon boshlanishi mumkin. Yaqinda nafaqaga chiqqan va o‘z nikohlarini tuzatolmaslik og‘rig‘idan qochish uchun tinmay ta’mir talab qiladigan uylarni izlaydigan bir juftlik; pul topish bilan haddan tashqari band bo‘lib, atrofidagilarga parvo qilmaydigan boy bankir; birinchi farzandlari tug‘ilishga yaqin bo‘lgan, lekin qayerda yashashdan tortib qanday tanishganliklariga qadar hech bir masalada kelisha olmaydigandek ko‘rinadigan yosh juftlik; birovning yuziga qurol tutishidan qo‘rqmaydigan darajada uzoq yashagan, sakson yetti yoshli ayol; xavotirli, lekin hali ham har qanday paytda savdo bitimini tuzishga tayyor rieltor va o‘zini kvartiradagi yagona hammomga berkitib olgan sirli bir odam… Hammasi bir joyga to‘planadi va qarshingizda… Dunyoning eng yomon garovga olingan odamlari.
Ularning har birining butun umrga yetadigan shikoyatlari, yaralari, sir-sinoatlari va ehtiroslari har lahzada yuzaga chiqishga tayyor. Hech biri aslida ko‘rinayotgan odam emas. Va ularning hammasi – bank o‘g‘risi ham – umidsiz tarzda kimdir tomonidan qutqarilishni kutmoqda. Rasmiylar va ommaviy axborot vositalari voqea joyini o‘rab olgan bir paytda, bu istamagan ittifoqchilar o‘zlari haqida hayratlanarli haqiqatlarni ochib beradi va bir qator kutilmagan voqealarning boshlanishiga sabab bo‘ladi. Shundayki, keyin nima bo‘lganini tushuntirishda ular ham qiynaladi.
Satrlari orasidan mehr, donolik va hazil o‘tib turadigan "Xavotirli odamlar" do‘stlik, kechirim va umid – eng xavotirli paytlarda ham bizni asraydigan narsalar – ning sobit kuchi haqida mahorat bilan yozilgan bir hikoya.
Sharhlar 0
Bir sharh yozish