Meltem Kora — "Bolalar ruhiy salomatligida go‘zallik — Oltin to‘la qadahning siri" PDF
“Barcha bolalar rassomdir; muhim tomoni shundaki, ulg‘ayganingizda ham rassom bo‘lib qolishdir.” Pikasso
Senga bir sir aytaman…
Haqiqatni bilishni xohlaysanmi yoki hayotning ma’nosini? Balki bir doira ichida, chuqur qorong‘ulikda, qiziqish bilan, qo‘rqinchli va xavotirli kunlarni boshdan kechirayotgandirsan. Balki onasan, ona bo‘lish arafasidirsan yoki shunchaki sezgir bir odamsan... Balki ichingdagi bolani topishga yoki uni yashatishga harakat qilayotgan telbasan; boshingda aylanib yurgan savollar seni telba qilmoqda; mustahkam bir zamin, chiqish nuqtasi izlayapsan, kim bilsin... Balki shunchaki haqiqat, bilim va go‘zallik izidan ketayotgan sayyohsan.
Senga bir sir aytaman.
Oltin to‘la qadahning sirini. Bu afsona, rivoyat yoki ertak emas; hayotning o‘zi, haqiqatning so‘zi: Go‘zallik. Sen go‘zalsan, buni bilardingmi? ...va har doim go‘zal bo‘lgansan. Bu kitobda ham go‘zal bir sayohatga chiqasan. Ba’zan ming yillar avvalgi g‘or odamiga, ba’zan esa zamonaviy qoliplar ichida siqilgan, iste’mol jamiyatining odami bo‘lmish zamondoshimizga. Savollar, mulohazalar, taxminlar, ilmiy haqiqatlar hamrohligida; ichingdagi bolani yashatadigan va bolani tushunadigan bir qalam senga bilgan hamma narsasini aytib beradi. Bolalik, san’at, go‘zallik va psixologiyaning qanday bir-biriga chambarchas bog‘langanini, hatto bir xamirdan ekanini tushunishing va shu tushuncha bilan o‘zingga yangi yo‘l chizishing uchun… Bu aslida ichingdagi bolaning yo‘li, sayohati. Shunday bir yo‘l va sayohatki, birinchi qadami juda qadimdan, xotirang seni olib bora oladigan eng qadimgi eshikdan boshlanadi. O‘zingni va boshqani tushunish va tanish sayohati... Ichki xotirjamlik, jamiyatdagi tinchlik, demokratiya hatto... O‘sha eshikka yetganingda hayron qolasanki, estetik instinktlaring seni boshqaradi. Qanday chiroyli o‘ynayapsan! O‘ylab ko‘r, aslini qayerdan topding. Yozuvchi kabi, Ayşegül kitoblarida yoki onangning yoqimli hidida emasmi yoki o‘ynagan o‘yingdami? Go‘zal va kichik o‘yingda kim qoidani buzganini o‘yla. Qoidani buzma, o‘yin seni ulg‘aytirsin. So‘ng ichingdagi rassomni esla va yo‘lga u bilan chiq. Xuddi qadimgi kunlardagidek....
Sharhlar 0
Bir sharh yozish