Sally M. Winston — Martin N. Seif — "Saplantili O‘ylardan Qutulish — Uyqungizga Ham Xalaqit Beradigan Bezovta Qiluvchi O‘ylardan Qutulishning Eng Samarali Yo‘llari" PDF
Agar qo‘rqinchli, obsesif yoki bezovta qiluvchi o‘ylardan aziyat cheksangiz, ular hayotingizga qanday kirib kelishini bilishingiz kerak. Balki bu o‘ylarning nimani anglatishini o‘ylab, xavotir olayotgandirsiz. Ular sizni yomon odamga aylantiradimi? Yo‘q!
Siz yomon yoki tentak emassiz!
Aqlingizga kirib, sizni xafa qiladigan bu o‘ylarni biz istalmagan, taklif qilinmagan o‘ylardek ta’riflaymiz. Ko‘plab aqlli va yaxshi odamlar ham bunday holatni boshdan kechiradi. Yaxshi tomoni shundaki, endi samaradorligi isbotlangan uslublar yordamida ulardan xalos bo‘lib, hayotingizni davom ettirishingiz mumkin.
Qo‘lingizdagi ushbu kuchli qo‘llanma, sizni qamrab olgan va sizga stress keltirayotgan o‘ylardan qutulishingizga yordam beradi. O‘ylardan kelib chiqadigan ayb, uyat va yolg‘izlik hissini yengib, xavotirlaringizni kamaytirishingiz mumkin bo‘ladi. Sog‘ayish yo‘lida katta bir qadam uchun o‘qishingiz kerak bo‘lgan manba oldingizda turibdi.
Sharhlar 0
Bir sharh yozish