Aynur Mısıroğlu — "Avval Ketgan Doʻstlarga — Salom Boʻlsin" PDF
Aziz oʻquvchi!..
Qandayki baʼzi oʻsimliklar oʻz mavjudligi va mohiyatini saxiy tabiat sharoitlari tufayli qoʻlga kirita olgan boʻlsa, boshqalari esa hayotda qolish uchun oʻzini oʻrab turgan salbiyliklarga doimiy kurash olib borishga majbur boʻlsa, insonlar ham xuddi shundaydir.
Men ushbu asarda hayot hikoyalaridan bir qismini bayon qilgan marhuma doʻstlarim ham xuddi choʻl oʻsimliklari kabi, islomiy qiyofalarini oʻzlarini oʻrab turgan koʻplab salbiyliklarga qarshi jonbozlik bilan olib borgan kurashlari natijasida barpo eta oldilar. Doimo yomonlikka undovchi nafsning moyilligini qoʻzgʻatuvchi minglab ijtimoiy va salbiy taʼsirlarga qaramay, hayotda toʻgʻri yoʻl tutish paygʻambar tili bilan "Jihodi Akbar" deb ifodalanganiga koʻra, eng katta qahramonlikdir!..
Ular kamtarlik va kamtarinliklari sababli juda kam tanilgan boʻlsalar-da, ajralib turuvchi va oʻziga xos fazilatlari ana shunday "jimjit qahramonlik"dir.
Ushbu asar men bu fazilatlari bilan eslash va eslatishni istagan marhuma doʻstlarimga nisbatan vijdoniy sadoqat hissi boʻlishi bilan birga, shu qahramonlikning ayrim yoshlarimiz uchun ibrat boʻlishini taʼminlash maqsadida yozilgan.
Aynur Mısıroğlu
Sharhlar 0
Bir sharh yozish