Nuh Albayrak- To‘ntarishdan battar vasiyatlar
TO‘NTARISHDAN BATTAR VASIYATLAR
Azonini, Qur’onini, iymonini saqlab qolish uchun katta fidokorlik bilan olib borgan kurashlari natijasida bosqinchilarni quvib chiqarib, chuqur nafas olgan g‘azovotchi xalqimizning keyingi yillarda o‘z vatanida, o‘z davlatidan ko‘rgan munosabati misli ko‘rilmagan zulmlardandir. Turk xalqiga xizmat qilishga qaratilgan bir “o‘zgarish dasturi” yo‘qligi qisqa fursatda ayon bo‘lgandi.
Turk xalqi uchun qilinyapti deb aytilgan, lekin xalqqa qarshi qilingan bu qadamlar, afsuski, xalqqa osoyishtalik va farovonlik olib kelmadi. Aksincha, G‘arbdan kelgan ishoralar bilan amalga oshirilgan bu operatsiyalar xalq ko‘nglida afsuski tuzalmas yaralar ochdi.
Hayotning umumiy oqimi ichida, boshqa jamiyatlardan ta’sirlangan insonlarning o‘z ixtiyori bilan namoyon qilgan “o‘zgarish”i haqida ko‘p gapirish shart emas. Lekin juda qisqa vaqtga siqib kiritilgan bu majburiy “o‘zgarish” dasturining tabiiy bir zamonaviylashish jarayoni emasligi ayon.
Sharhlar 0
Bir sharh yozish