Ozbekchauz
Mir.az » Kitoblar » M. Ihsan Karaman — "Jinsiy salomatlikdan baxtli oilaga" PDF

M. Ihsan Karaman — "Jinsiy salomatlikdan baxtli oilaga" PDF

M. Ihsan Karaman — "Jinsiy salomatlikdan baxtli oilaga" PDF
  • Baholash: 2
  • Sharhlar: 0
Ommaboplik 100% 100%


Diqqatni jalb qiladiganlar

Osuda jamiyat baxtli oilalardan, baxtli oila esa baxtli shaxslardan tashkil topadi. Jinsiylik esa, tabiiy ehtiyoj va er-xotin o‘rtasidagi muhabbat va bog‘liqlikni oshiradigan omil sifatida, bu baxtning eng muhim motivatsiya omillaridan biridir. Shuning uchun, baxtli oila, baxtli insonlar va baxtli jamiyat uchun, bu tabiiy ehtiyojning halol yo‘l bilan qondirilishi, uning oldidagi to‘siqlarning ham bartaraf etilishi kerak.

"Jinsiy salomatlikdan baxtli oilaga" aynan shu fikrlar asosida paydo bo‘ldi. Kitob o‘quvchiga jinsiylik haqida to‘g‘ri ma’lumotlar berishni, shuningdek, noto‘g‘ri ma’lumotlar va ular sababli yuzaga kelgan qo‘rquvlardan xalos qilishni maqsad qiladi. Bundan tashqari, sohasida mutaxassis bo‘lganlarning fikrlari asosida, jinsiylikka ta’sir qiluvchi kasalliklar va a’zo muammolari haqida ham ma’lumot berib, ularning yechim va davolash yo‘llarini ko‘rsatadi.

"Jinsiy salomatlikdan baxtli oilaga" jinsiylikka oid barcha savol va muammolarga javob bera oladigan mazmunni taqdim etadi. Halol yo‘lda va har kim oson tushunadigan uslubda, balki hech kim bilan bo‘lisha olmagan eng maxfiy mavzularda ham sizga shifokor bo‘ladi…

“Musulmon hayotida bog‘lovchi namuna Allohning Rasuli (s.a.v.), namunali jamiyat esa dastlabki uch avlod, ayniqsa birinchi avloddir. Bu namunaga qarasak, nikohning jinsiy tomoni aslo uyatli, taqiqlangan yoki sir emasligini ko‘ramiz. Hadis va siyrat kitoblarida bu mavzular ochiq-oydin yozilganini, yetarli va me’yorida ma’lumot berilganini o‘qib bilamiz. Agar bu namunalar mahalliy madaniyatlar bilan yopilmaganida, ko‘plab xatolik va suiiste’mollarning oldi olingan bo‘lardi.

Din haqida o‘zlari va sohalari uchun yetarli bilimga ega mutaxassislarning bu mavzuni ko‘tarishlari, inshaalloh, xayrli bo‘ldi. O‘quvchilarga foydali bo‘lishini, yozgan va gapirganlarning esa halol maqsadlariga yetishlarini Allohdan so‘rayman.”

— Prof. Dr. Hayriddin Karaman kitobga yozgan ‘So‘zboshi’dan…

M. Ihsan Karaman — "Jinsiy salomatlikdan baxtli oilaga" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.

Sharhlar 0

Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!

Bir sharh yozish