Ozbekchauz
Mir.az » Kitoblar » Danielle Graf — Katja Seide — "Tug‘ish uchun jonimni fido qilgan bolam meni tentak qilayapti" PDF

Danielle Graf — Katja Seide — "Tug‘ish uchun jonimni fido qilgan bolam meni tentak qilayapti" PDF

Danielle Graf — Katja Seide — "Tug‘ish uchun jonimni fido qilgan bolam meni tentak qilayapti" PDF
  • Baholash: 4
  • Sharhlar: 0
Ommaboplik 100% 100%


Diqqatni jalb qiladiganlar

“Ba‘zi bolalar baqirib-chaqirib, ko‘z yosh to‘kib, o‘z istaklarini bajarishni talab qilganda, atrofdagi odamlarni o‘ziga bo‘ysundirishni maqsad qilganiga va ota-onalar bolaning bu moyilligini qo‘llab-quvvatlamasligi kerakligiga ishonamiz. Farzandimizning istagi bajarilmaganda u tajovuzkor bo‘lib, bizga urishga, tupurishga, tishlashga harakat qilsa, nima qilishni bilmay qolamiz. ‘Balki farzandimizni noto‘g‘ri tarbiyalayapmizmi?’ degan shubha ichimizga tushadi. Ularga ba‘zi taqiqlar qo‘yishimiz kerakmi? Axir farzandimiz kelajakda kengroq muhitga chiqadi, avval maktabda, keyin ish hayotida turli jamiyatga moslashishi kerak bo‘ladi... Vazifamiz farzandimizni to‘g‘ri va moslashuvchan inson qilib tarbiyalash emasmi? Ota-onalarga yo‘l ko‘rsatuvchi kitoblarning aksariyati, bolaning ota-onasiga qarshi chiqishi va istaklarida qattiq turishiga qarshi chora sifatida, yillar davomida sinovdan o‘tgan, aniq va izchil usullarni tavsiya qiladi. Masalan, inat va g‘azab tutgan bolani xonasiga yuborib, ‘aqling joyiga kelguncha shu yerda qolasan!’ deyish tavsiya etiladi. Unda farzandlarimizni tarbiyalashda, ularni kelajakdagi sharoitlarga tayyorlash uchun, kichik yoshda zarur bo‘lgan mehr, tushuncha, sabr va samimiyatni ulardan ayashimiz kerakmi? Biz bu savolga ‘Yo‘q!’ deb javob beramiz. Farzandlarimizni erkatoy qilsak, ular boshimizga zolim bo‘lib chiqadi degan eski afsonalarni yo‘q qilishga qat‘iy bel bog‘laganmiz! Kitobni o‘qib bo‘lgach ko‘rasizki, farzandingiz istagini o‘tkazish uchun yana qattiq turib, ovozini baland ko‘tarib yig‘lasa, masalan, savdo markazida shirinlik vitrinasining oldida to‘xtab, yer tepib yig‘lasa, g‘azablanib uni koyish o‘rniga, ko‘proq tushuncha bilan yondashasiz va bolangiz bu holatni mehr, shafqat va xotirjamlik bilan o‘tkazib yuborishini ta‘minlaysiz. Vada beramiz!… Farzandingiz oldida turgan yarim to‘la ovqat likopchasini yerga uloqtirganda, ertalab poyabzalini kiydirayotganingizda sizni tepib yuborsa, silaganingizda qo‘lingizni tishlasa, elektr rozetkasiga tegmasin deb taqiqlaganingizni pisand qilmay, doim rozetkaga qo‘l uzatsa yoki qum havzasida o‘ynab, qumlarni atrofga sochsa… siz o‘sha yerda xotirjam turib, o‘zingizga: ‘Uni koyishim shart emas!’ deysiz, chunki farzandingiz buni nega qilayotganini va bunday qilmasligi uchun qanday yo‘l tutishingiz kerakligini o‘rgangan bo‘lasiz.”

Danielle Graf — Katja Seide — "Tug‘ish uchun jonimni fido qilgan bolam meni tentak qilayapti" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.

Sharhlar 0

Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!

Bir sharh yozish