Yuval Noah Harari "21-asr uchun 21 dars" PDF
Birinchi kitobim Sapiens insonning ahamiyatsiz bir maymundan qanday qilib dunyoning hukmdoriga aylanganini tahlil qilgandi.
Ikkinchi kitobim Homo Deus esa hayotning uzoq muddatli kelajagini so‘roq qilib, insonlarning xudo darajasiga ko‘tarilish ehtimolini va aql bilan ongning yakuniy taqdirini ko‘rsatib bergandi.
Bu kitobda esa zamonaviy davrga yaqindan nazar tashlamoqchiman. Diqqatimni dolzarb masalalarga va inson jamiyatlarining yaqin kelajagiga qaratmoqdaman. Hozir nima bo‘lyapti? Hozir oldimizdagi eng katta muammolar va tanlovlar nimalar? Nimaga e’tibor berishimiz kerak? Bolalarimizga nimalarni o‘rgatishimiz kerak?
Sapiens va Homo Deusdan farqli o‘laroq, bu kitob tarixiy hikoya sifatida emas, balki darslar to‘plami tarzida yaratilgan. Bu darslar oddiy javoblarga erishishga harakat qilmaydi. Maqsadi ko‘proq o‘ylashga undash va o‘quvchilarga bugungi muhim bahslardan ba’zilarida ishtirok etishga yordam berish.
Bu juda da’vogar eshitilishi mumkin, biroq Homo Sapiens kutishga vaqti yo‘q. Falsafa, din va fan to‘liq muddatini tugatish arafasida. Insonlar ming yillar davomida hayot ma’nosini muhokama qilib keladi. Bu bahsni abadiy davom ettira olmaymiz. Ufqda ekologik inqiroz, tobora kuchayib borayotgan ommaviy qirg‘in qurollari xavfi va sakrash yasaydigan yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi bunga yo‘l qo‘ymaydi. Balki eng muhimi shundaki, sun’iy intellekt va biotexnologiya insoniyatga hayotni qayta shakllantirib, loyihalash kuchini bermoqda.
Falsafachilar juda sabrli odamlar, biroq muhandislar bunchalik sabrli emas, investorlar esa umuman sabrsiz. Hayotni loyihalash kuchi bilan nima qilishni bilmasangiz, bozorni boshqarayotganlar qaror qabul qilishingiz uchun ming yil kutib o‘tirmaydi. Bozordagi ko‘rinmas qo‘l, o‘z yo‘li bilan topgan javobini majburan qabul qildiradi.
UYG‘ONISH-Tarixning oxiri kechiktirildi
Sayyoramizning katta qismida zolimlar hukmron va eng liberal mamlakatlarda ham aksariyat fuqarolar qashshoqlik, zo‘ravonlik va bosimdan aziyat chekmoqda. Lekin hech bo‘lmaganda bu muammolarni yengish uchun nima qilish kerakligini bilamiz: Insonlarga ko‘proq erkinlik berishimiz kerak. Inson huquqlarini himoya qilish, hammaga ovoz berish huquqini ta’minlash, erkin bozorlarni yaratish va shaxslar, g‘oyalar hamda tovarlarning global harakatini imkon qadar osonlashtirishimiz kerak.

Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.
Qo'llab-quvvat bering
Mir.az ni qo'llab-quvvatlash uchun To'lov!
Saytimiz faol qolish uchun Patreon hisobini ochdi va sizning qo'llab-quvvatingizni kutmoqdamiz. Qancha bo'lsa, bir nechta dollar ham, sizning qo'llab-quvvatingiz biz uchun juda ahamiyatli... Nima uchun bizga qo'llab-quvvat kerak?Sharhlar 0
Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!