Ozbekchauz
Mir.az » Kitoblar » Yuval Noah Harari "Homo Deus - Ertangi Kun Tarixi" PDF

Yuval Noah Harari "Homo Deus - Ertangi Kun Tarixi" PDF

Yuval Noah Harari "Homo Deus - Ertangi Kun Tarixi" PDF
  • Baholash: 60
  • Sharhlar: 0
Ommaboplik 93% 93%


Diqqatni jalb qiladiganlar
Hayvonlardan Tangrilarga Sapiens kitobi bilan inson turining dunyoga qanday hukmron bo‘lganini hikoya qilgan Harari, Homo Deus’da hayratlanarli bashoratlari bilan ertamizni tahlil qiladi. Insoniyatning abadiylik, baxt va tangrilik sari yo‘lini ilm-fan, tarix va falsafa nuqtai nazaridan o‘rgangan ushbu asarida, insonning butunlay boshqa bir turga, Homo deus’ga aylangan kelajagini tasavvur qiladi. Yo‘lga "ahamsiz bir hayvon" sifatida chiqqan Homo sapiens, tangrilar darajasiga yetish uchun o‘zining oxirini tayyorlayaptimi? Homo sapiens qanday qilib koinot inson turi atrofida aylanadi, deb da’vo qilgan gumanistik ta’limotga ishondi? Bu ta’limot kundalik hayotimizni, san’atimizni va eng yashirin ehtiroslarimizni qanday shakllantirmoqda? Insonni sigirlar, tovuqlar, shimpanzelar va kompyuter dasturlaridan ajratib turadigan yuqori aql va qudratidan tashqari yana qanday o‘ziga xos jihati bor? Tarix davomida misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishgan bo‘lsak-da, baxt darajamizda nega sezilarli o‘sish bo‘lmadi? "Bularning barchasini tushunish uchun faqat orqaga qarashimiz va Homo sapiens aslida nima ekanini, gumanizm qanday qilib dunyoga hukmron din bo‘lib qolganini va gumanizm orzusini amalga oshirishga urinish aslida insoniyatning o‘z oxirini tayyorlashiga qanday olib kelishini o‘rganishimiz kerak. Mana shu kitobning asosiy masalasi ham shudir." "O‘qiyotganingizda ham zavqlanasiz, ham juda hayron qolasiz. Eng muhimi, o‘zingiz ilgari hech o‘ylamagan narsalar haqida o‘ylayotganingizni ko‘rasiz." - Daniel Kahneman, "Tez va Sekin O‘ylash" muallifi - "Homo Deus’ni o‘qiganda uzoq va mashaqqatli sayohatdan so‘ng bir jar yoqasida turganingizni his qilasiz. Endi sayohatning ahamiyati qolmaydi, chunki keyingi qadamingizni cheksiz bo‘shliqqa tashlaysiz." - David Runciman, The Guardian -
Yuval Noah Harari "Homo Deus - Ertangi Kun Tarixi" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.

Sharhlar 0

Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!

Bir sharh yozish