Platon "Davlat arbobi" PDF
Platon, shubhasiz, tafakkur tarixining eng muhim va ta’sirli faylasuflaridan biridir. U falsafaning institutsionalashuviga va falsafada yozma an’ananing shakllanishiga hissa qo‘shgan, ikki dunyoli metafizikasi bilan butun O‘rta asr tafakkuriga ta’sir ko‘rsatgan idealistik falsafa an’anasining asoschisi bo‘lgan. Xristian O‘rta asr falsafasi va Islom tafakkuriga ta’siri jihatidan ham alohida ahamiyatga ega bo‘lgan Platon, tafakkur tarixi davomida muhokama qilingan barcha muammolarni yuzlab yillar oldin ko‘tarib chiqqan va birinchi yirik falsafiy tizimni yaratgan.
Davlat arbobi, Platonning siyosat va huquq falsafasini bayon qilgan uch asosiy dialogidan biridir. "Davlat" va "Qonunlar" dialoglari bilan birga uchlikni tashkil etadi. Ushbu uchlikning aynan markazida joylashgan "Davlat arbobi" siyosat falsafasi nuqtai nazaridan, "osmondan yerga tushirilgan falsafa" tushunchasini ifodalaydi. Boshqacha aytganda, "Davlat" asarida ideal davlat loyihasi orqali mukammallik va utopiyachilikni eng ochiq tarzda ifoda etgan Platon, bu yerda biroz ham bo‘lsa, Sitsiliya safarlaridan kerakli saboq olib, siyosat va huquq falsafasida ancha realistik pozitsiyani namoyon etadi. Shuning uchun ham insoniy darajada yaxshi boshqaruvning prinsiplari va asoslarini ko‘rsatib beradi.

Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.
Qo'llab-quvvat bering
Sharhlar 0
Bir sharh yozish