Richard G. Erskine — "Chekinish — Jimjitlik — Yolg‘izlik — Shizoid Jarayonning Psixoterapiyasi" PDF
Men o'ttizdan ortiq kitobning tarjima muharriri va ba'zan shu kitoblardagi boblarni ham tarjima qilgan akademik sifatida, ruhiy salomatlik sohasida tahsil olayotgan talabalar, ta'lim berayotgan akademiklar va klinitsistlarga, ularning psixologik yordam ko'rsatayotgan mijozlariga yordam berish maqsadida ko'p yillar davomida ish olib bordim.
Integrativ psixoterapiya maktabining asoschisi Richardning beshta kitobi ham bu ishlarim qatorida edi:
• Empatiyadan Narigi,
• Hayot Ssenariylari,
• Zamonaviy Psixoterapiyada Transaksion Tahlil,
• Integrativ Psixoterapiya Amaliyotlari,
• Munosabatli Tuzilmalar va Terapevtik Mavjudlik.
2024 yil oktyabr oyida esa Erta Bosqich Emotsional Chalkashlik va Borderlaynning Munosabatli Psixoterapiyasi, eng so‘ngida esa qo‘lingizdagi Chekinish, Jimjitlik, Yolg‘izlik, Shizoid Jarayonning Psixoterapiyasi kitobi bilan birga Richardning yettita kitobini o‘zbek tiliga olib kirdik.
Bu sohada ishlayotgan klinitsistlar barcha psixopatologik buzilishlarning asosida erta bosqich emotsional chalkashlik muhim rol o‘ynashini, Borderlayn va shizoid jarayonning psixoterapiyasi juda qiyin va uzoq davom etishini yaxshi bilishadi.
Bu so‘nggi ikki kitob, qaysi terapiya maktabidan foydalanishingizdan qat’i nazar, bu sohada ishlayotgan klinitsistlarga yo‘l ko‘rsatadigan va tajriba orttiradigan amaliy misollarni o‘z ichiga oladi. So‘nggi (shu) kitobda; shizoid uslub, shizoid tuzilma va shizoid shaxsiyat buzilishining terapiyasi qanday amalga oshirilishi haqida ham nazariy ma’lumotlar, ham amaliyot bo‘yicha juda qimmatli terapiya misollari mavjud. Ushbu kitobdagi holatlar va ma’lumotlarni o‘qiganda, depressiv simptomlar ko‘rsatadigan ko‘plab mijozlarda, depressiyaga qaratilgan psixoterapiyalar va antidepressantlarning (farmakoterapiya) nima uchun samara bermasligini ko‘rasiz.
Richarddan yillar davomida yuzma-yuz integrativ terapiya ta’limini oldik. Richard bergan har bir darsdan, yozgan har bir kitobidan juda qimmatli bilim va tajribalar oldik. Ushbu kitobni o‘qiganda, shizoid jarayon terapiyasida bilganimiz, bilganingiz barcha terapiya yondashuvlaridan juda boshqacha yondashuvga ehtiyoj borligini ko‘rasiz. Mijozga yetib bora olmagan, o‘zingizni so‘roq qilgan holatlarda qanday terapiya yondashuvi bilan mijozlarga yetib borishingiz mumkinligini ko‘rsatadigan amaliy terapiya misollari bilan boyiydi.
Richard G. Erskine — "Chekinish — Jimjitlik — Yolg‘izlik — Shizoid Jarayonning Psixoterapiyasi" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.
Qo'llab-quvvat bering
Sharhlar 0
Bir sharh yozish