Ozbekchauz
Mir.az » Kitoblar » John Steinbeck "Gʻazab Uzumlari" PDF

John Steinbeck "Gʻazab Uzumlari" PDF

John Steinbeck "Gʻazab Uzumlari" PDF
  • Baholash: 27
  • Sharhlar: 0
Ommaboplik 85% 85%


Diqqatni jalb qiladiganlar
Oklaxomaning butun qizil tuproqlariga va kulrang tuproqlarning bir qismiga so‘nggi bir-ikki yengil yomg‘ir yog‘di. Bu yomg‘irlar qattiq tuproqni teshib o‘ta olmadi. Pluglar kichik soylar bo‘ylab aylanib yurdi. Bu so‘nggi yomg‘irlar makkajo‘xori tez o‘sib ketishiga sabab bo‘ldi. Yo‘l chetlarida beda va o‘tlar o‘sib chiqdi. Shunday qilib, kulrang tuproqlar bilan to‘q qizil tuproqlar yashil bir qoplama ostida yo‘qola boshladi. May oxirlariga kelib, osmon xira tortdi. So‘ng, bahorda osmonda to‘p-to‘p osilib turgan bulutlar ham yo‘qoldi. Quyosh har kuni o‘sayotgan makkajo‘xorilar ustida yanada ko‘proq porladi, oxiri har bir yashil barg chetida sariq chiziq paydo bo‘ldi. Bulutlar yana bir-ikki marta ko‘rinib, yana yo‘qoldi va boshqa ko‘rinmadi. Bedalar to‘q rangga kirdi va quridi, endi ko‘paymadi. Tuproq yuzasi qobiq tortdi... Yengil, qattiq bir qobiq... Osmon xira tortgan sayin, yer ham sarg‘ayardi. Qizil tuproqlar pushti tus oldi, kulrang tuproqlar esa oppoq bo‘lib ketdi. Soy yo‘llari quruq yo‘laklarga aylandi. Ko‘rsichqonlar, chumoli yeyuvchi hasharotlar kichik guruhlar bo‘lib joyini o‘zgartira boshladi. Qizigan quyosh har kuni urgan sayin, yangi makkajo‘xori barglari qattiqligini yo‘qotdi. Avval biroz bukildi, so‘ngra, barg og‘irligini ko‘tarib turgan tomirlar zaiflashgan sayin, pastga osildi. Iyun keldi, quyosh yanada qizg‘in porlayotgan edi. Makkajo‘xori barglaridagi sariq chiziqlar ko‘payib, markaziy tomirlarga tomon yoyildi. Bedalar ipdek ingichka bo‘lib, ildiziga tomon o‘ralib qoldi. Havo ochiq, lekin osmon avvalgidan ham xira va har kuni yanada so‘nib borardi. Nihoyat, aravalar o‘tadigan, g‘ildiraklar ezadigan va ot tuyoqlari uradigan yo‘llarning qattiq qobig‘i yorilib, changga aylandi. Harakat qilayotgan har bir narsa havoga chang ko‘tarardi: Yurgan odamning beligacha engil tuman ko‘tarilar, aravalar ustunigacha chang ko‘tarilar, avtomobillar orqasidan bulut ko‘tarilar va chang faqat uzoq vaqt o‘tgach tinchirdi. Iyun o‘rtasi o‘tdi; Texas va qo‘ltik tomonlaridan katta-katta bulutlar ko‘tarilardi. Balad, ulkan bulutlar... Yomg‘ir olib keladigan bulutlar. Daladagi odamlar bulutlarga qarab, havoni hidlab, shamol esayotganini bilish uchun barmoqlarini ho‘llab ko‘tarishardi. Bulutlarning ko‘tarilayotganini ko‘rgan otlar ham bezovta bo‘lishardi. Yomg‘ir bir oz yog‘di, so‘ng tezda boshqa joylarga chekinib ketdi. Yana o‘sha xira osmon, yana o‘sha qizigan quyosh... Faqat, yog‘gan yomg‘ir tomchilarining changda ochgan chuqurchalari va makkajo‘xorilar ustida toza tomchilar qoldi, xolos.
John Steinbeck "Gʻazab Uzumlari" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.

Sharhlar 0

Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!

Bir sharh yozish