Ozbekchauz
Mir.az » Kitoblar » Umberto Eco "Gulning Nomi" PDF

Umberto Eco "Gulning Nomi" PDF

Umberto Eco "Gulning Nomi" PDF
  • Baholash: 20
  • Sharhlar: 0
Ommaboplik 85% 85%


Diqqatni jalb qiladiganlar
Bir necha oy o'tgach, Parijda tadqiqotimni chuqurlashtirishga qaror qildim. Fransuzcha kitobdan olgan bir necha eslatmadan, manbaga, favqulodda batafsil va aniq bir havola qolgan edi qo'limda: Vetere analecta, ya'ni collectio vetenım aliquot opem & opucculorum omnis generis, varminum, epistolarum, diploma-ton, epitaphiorum, & , cum itinere geımanico, adaptationibus aliquot disquisitionibus R.P.D. Joannis Mabillon, Presbiteri ac Monachi Ord. Sarıcti Benedicti e Congregatione S. Mauri. - Nova Editio cui accessere Mabilonii vita aliquot opuscula, scilicet Dissertatio de Pane Eucharistico, Azymo et Feimenta-tio, ad Eminentiss. Cardinalem Bona. Subjungitur opusculum Eldefonsi Hispaniensis Episcopi de eodem argumentum Et Eusebii Romani ad Theophilum Gallum Epistola, De culm sanctorum ignotonun, Parisis, apud Levesque, ad Pontem S. Michaelis, MDCCXXI, cum privilegio Regis. Bibliotheque Sainte Genevieve’da Vetera analecta’ni darhol topdim; lekin topgan nashrimning, tasvirdan ikki tafsilot jihatidan farq qilishi meni hayratga soldi: avvalo "Montalant, ad Ripam P.P. Augustinianorum (prope Pontem S. Michaelis)" deb ko'rsatilgan muharrir va ikki yil keyin ko'rsatilgan sana. Bu analecta, Melkli Adso yoki Adsonning biron bir qo'lyozmasini o'z ichiga olmaydi – aksincha, istagan odam tekshirishi mumkin bo'lganidek, ular qisqa yoki o'rtacha uzunlikdagi matnlarning birga to'planganidan iborat edi; holbuki, Vallet nusxa ko'chirgan hikoya bir necha yuz sahifadan iborat edi. Shu bilan birga, mashhur o'rta asr mutaxassislariga, masalan, aziz, unutilmas Etienne Gilson’ga murojaat qildim; lekin yagona Vetera analecta’lar Sainte Genevieve’da ko'rganlarim ekani aniq edi. Passy yaqinida, Abbaye de la Source’ga darhol tashrif va do'stim Dom Ante Lahestedt bilan suhbat, monastir bosmaxonasida Abbe Vallet ismli kishi kitob chiqarmaganiga (bunday bosmaxona ham yo'qligiga) ishontirdi meni. Fransuz tadqiqotchilarining ishonchli biografik ma’lumot borasidagi beparvoligi mashhur; lekin bu holat aql yetadigan har qanday badbinlikdan ham o‘tib ketardi. Qo‘limga tushgan kitob soxta ekanini o‘ylay boshladim.
Umberto Eco "Gulning Nomi" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.

Sharhlar 0

Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!

Bir sharh yozish