Ozbekchauz
Mir.az » Kitoblar » Michael Ende "Momo" PDF

Michael Ende "Momo" PDF

Michael Ende "Momo" PDF
  • Baholash: 37
  • Sharhlar: 0
Ommaboplik 76% 76%


Diqqatni jalb qiladiganlar

Qo‘lingizdagi bu kitob qariyb o'ttizga yaqin tilda, dunyoning deyarli har bir burchagida chop etilgan va millionlab o‘quvchilarga yetib borgan. Ushbu kitobda “vaqt” jumboqining o‘zi haqida so‘z boradi. Bu jumboq, tabiiydek ko‘rinadigan voqealarga hayratlanishni hali unutmagan bolalar va kattalarni birdek o‘ylantiradi. Momo hikoyasi, joyi noma’lum bo‘lgan bir xayol mamlakatida va noaniq hozirgi zamonda sodir bo‘ladi. Ammo hikoyada shahzodalar, sehrgarlar yoki parilar haqida so‘z yuritilmaydi. Ramzlar butunlay zamonaviy hayotdan olingan. Momo asarida inson munosabatlarining qanday torayib borayotganini, odamlarning sevgi, do‘stlik va birodarlik qadriyatlaridan qanday mahrum bo‘layotganini tanqidiy tarzda ko‘rasiz. Muallif; hayoti va vaqtiga egalik qilinayotgan, ommaga aylantirilgan odamni ertak ohangida hikoya qiladi. Bu ertakmi? Tushuncha romantiklar tushunganidek qabul qilinsa, ha. Chunki, haqiqat va xayol, she’riy bir shaklda o‘zaro aralashib ketgan. Biroq kitob, insonning bugungi va kelajakdagi eng muhim muammolarini ham o‘z ichiga oladi. Demak, bu kitob ko‘proq roman emasmi? Eng yaxshisi, biz buni ertak-roman deb atalganini aytaylik… 1984-yilda birinchi nashri chiqqan Momoning ikkinchi nashrini katta talab tufayli o‘quvchilarga taqdim etyapmiz. Odamlar bugungidan butunlay boshqa tillarda so‘zlashgan juda qadim zamonlarda, issiq o‘lkalarida ulkan va muhtasham shaharlar bo‘lgan. Bu shaharlarda podshohlar, imperatorlarning saroylari qad ko‘tarar; keng ko‘chalarga tor ko‘chalar ochilar, oltin suvi yuritilgan marmar haykallar bilan bezatilgan ibodatxonalar ko‘zni qamashtirar edi. Bu yerlarga boshqa joylardan keltirilgan turli buyumlar sotiladigan rang-barang bozorlar tashkil etilar, odamlar katta, keng maydonlarda guruh-guruh bo‘lib to‘planib, kunning muhim voqealarini o‘zaro muhokama qilib, bahslashar yoki kimdir so‘zlar, boshqalar esa tinglardi.

Michael Ende "Momo" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.

Sharhlar 0

Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!

Bir sharh yozish