Selim Geçimli - "Yolg‘on Tutish San’ati" PDF
Og‘riqsiz tug‘ruq bo‘lmaydi,
Dard-siz o‘zgarish yuz bermaydi.
Ushbu kitobning asl maqsadi — hayotingizda urug‘ sifatida boshlangan har qanday qiyinchiliklarga qarshi, sizni yengilmas va qudratli daraxtdek mustahkam bo‘lishingizga yordam berishdir.
Eng vahimali bo‘ronlar bo‘lgan dengizda, sizni bandargohga yetkazadigan narsa — bu bo‘ronning kuchiga qarshi qanday tayyor turishingizdir. Agar bo‘rondan qo‘rqadigan bo‘lsangiz, ichingizga tortilib, nima qilishni bilmay, atrofga sochilib ketasiz.
-O‘zingizni qadrsiz va yolg‘iz his qilasizmi? Kamchiliklaringizni bartaraf qildingizmi, nuqsonlaringiz bilan yarasha oldingizmi? O‘zingizni sevgiga loyiq emas deb o‘ylaysizmi? Zaif tomonlaringiz uchun o‘zingizni yoqtirmay, ayblab turasizmi?
-Dardingiz va yaralaringizni davolash uchun kimnidir kutyapsizmi?
-Odamlar bilan orangizga chegaralar qo‘yishni bilmayapsizmi? Yo‘q deb aytishda qiynalayapsizmi?
-O‘tmishda beparvolik yoki zo‘ravonlikka uchraganmisiz? Tashlab ketilish, rad etilish, uyaltirish, adolatsizlikka duch kelganmisiz?
Kitob hamrohligida, bo‘ronli hayotingizning yengilmas kapitaniga aylangan holda, kurash azmi sizni kuchaytiradigan bir ongli sayohatga chiqasiz…
(Taqdimot Byulletenidan)
Sharhlar 0
Bir sharh yozish