Gregory David Roberts "Shantaram 2 - Tog‘ Soyasi" PDF
Haqiqat – ruh qamog‘ining soqchisi.
Ta’qdir – sehrgar. Vaqt – sehr. Ta’qdir – o‘rgimchak. Vaqt – to‘r.
Sevgi – har bir ko‘tarilishda sizni o‘ldiradigan tog‘...
"Qo‘rquv zanjirband bo‘lgan bo‘ridir. Faqat uni ozod qilganingizda xavfli bo‘ladi. G‘am unutishda tugaydi. Bitta tabassum eng qattiq g‘azabni ham o‘ldirishi mumkin. Faqat umid abadiy yashaydi..."
Shantaram, Bombey mafiyasining bir bo‘limi uchun soxta hujjatlar tayyorlaydigan avstraliyalik qonundan qochqin Linning hikoyasi orqali millionlab o‘quvchilarni unutilmas qahramonlar bilan tanishtirgan edi. Uzoq kutilgan davom romani "Tog‘ Soyasi"da esa Lin yangi qoidalarga binoan boshqariladigan yangi Bombeyda, turli avlod mafiozlari tomonidan hayotiga yo‘l topishga harakat qiladi.
Shantaramdagi voqealardan ikki yil o‘tgan va Lin sevimli ikki insonini yo‘qotgan edi. Otasi o‘rnida ko‘rgan Khaderbhaini tuproqqa topshirgan, ruhiy jufti Karla esa hindistonlik, chiroyli bir media magnatiga ketgan edi. Yo‘qotishlari faqat shu bilan cheklanmagan. Bir kontrabanda safaridan shahariga qaytganda, eski do‘stlarining ko‘pchiligini topa olmadi. Yangi mafioz boshliqlari kuch uchun kurashayotganda, shahardagi zo‘ravonlik tobora kuchayib borar, afsonaviy bir donishmand esa Linning hayot va sevgi haqidagi qarashlarini butunlay o‘zgartirardi. Ammo Lin Orol Shahridan bir umr voz kecha olmadi. Karla va halokatli bir qasam bunga yo‘l qo‘ymadi.
Sharhlar 0
Bir sharh yozish