Ozbekchauz
Mir.az » Kitoblar » Ahmet Kocacan — "Men Velosiped Xohlayman" PDF

Ahmet Kocacan — "Men Velosiped Xohlayman" PDF

Ahmet Kocacan — "Men Velosiped Xohlayman" PDF
  • Baholash: 3
  • Sharhlar: 0
Ommaboplik 100% 100%


Diqqatni jalb qiladiganlar
Hurmatli ota-onalar, eng qimmatli boyligimiz bo‘lgan farzandlarimiz vaqti-vaqti bilan beg‘ubor istaklarga ega bo‘lishi mumkin. Farzandingiz sizga, ota-ona; “Men VELOSIPED xohlayman” der ekan, aslida bizdan nimani xohlayapti? Bilimli, Muloqot qila oladigan, Mehribon, E’tiborli, Qabul qila oladigan, Chegaralarni belgilay oladigan, Hamdardlik ko‘rsata oladigan, To‘g‘ri munosabat shakllantira oladigan ongli ota-ona bo‘lishimizni xohlayaptimi? Hurmatli ota-onalar; Mehr ulashiladigan iliq bir oila muhitini sog‘inyapsizmi? Farzandingizni yetarlicha bilmasligingizni o‘ylayapsizmi? Farzandingiz o‘zini baxtli va muvaffaqiyatli his qilmayaptimi? Farzandingizga to‘g‘ri va chiroyli xulq-atvor o‘rgatishda qiynalyapsizmi? Farzandingiz juda ko‘p televizor ko‘rayaptimi? Farzandingiz kompyuter oldida juda ko‘p vaqt o‘tkazyaptimi? Farzandingiz uy qoidalariga rioya qilmayaptimi? Farzandingiz sizni eshitmayaptimi? Farzandingiz dars qilishda va uy vazifalarini bajarishda qiynalyaptimi? Nima qilmang, farzandingizni intizomga o‘rgata olmayapsizmi? O‘zingizniki deb bilgan farzandlaringizga qay darajada egasiz? Ushbu savollarga javoblar va yana ko‘plab mavzular jamlangan ushbu kitobni o‘qiganingizda, ishonamizki, farzandlaringizga boshqacha nigoh bilan qaraysiz. Ushbu kitob orqali o‘zingiz va farzandlaringiz haqida to‘g‘ri ma’lumotlarga ega bo‘lib, sog‘lom amaliyotlarni o‘rganasiz. Agar siz ham oilangiz bilan baxtli va kelajakka umid bilan qarashni istasangiz, yechim — qo‘lingizda. Unda nima kutyapsiz? Marhamat! Velosipedning pedallarini (sahifalarini) aylantirishni boshlaymiz… *** “Ta’qdir; insonga barcha ne’matlarni bersa ham, undan bahra oladigan ruh kerak. Bizni baxtli qiladigan narsa — biror narsaga ega bo‘lish emas, undan bahra olishdir.” Montaigne
Ahmet Kocacan — "Men Velosiped Xohlayman" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.

Sharhlar 0

Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!

Bir sharh yozish