Ann Liang "Bu Safar Rostan" PDF
Butun dunyo ko‘z o‘ngida sevib qolishga jur’at eta olasizmi?
O‘n yetti yoshli Eliza Lin hayotining sevgisi bilan uchrashgani haqida yozgan insho kutilmaganda viral bo‘lib, hayoti bir kechada o‘zgarib ketadi. Yangi ko‘chib kelgan Pekindagi xalqaro maktabda nafaqat barcha sinfdoshlarining e’tirofiga sazovor bo‘ladi, balki eng sevimli jurnalida ish boshlash imkonini beruvchi amaliyot taklifini ham oladi. Ammo Elizaning hammadan yashirishi kerak bo‘lgan katta siri bor edi.
Eliza o‘sha inshoni o‘zi to‘qib chiqargan edi. U ilgari hech qachon sevgi tuyg‘usini tatib ko‘rmagan, hattoki munosabati ham bo‘lmagan. Axir, barcha yaxshi matnlar bir yolg‘on emasmi?
Eliza bu haqiqatni yashirish uchun bir sinfda o‘qiydigan mashhur aktyor, hammaning e’tiborini tortadigan, lekin hech kimga yuz bermaydigan Jaz Song bilan kelishuv tuzadi. Agar Jaz uning yigit rolini o‘ynashga rozi bo‘lsa, Eliza ham uning universitetga ariza xatlarini yozishda yordam beradi. Jaz esa hammaning orzusidagi yigit edi: darsda qiz do‘stiga qo‘lda yozilgan xatlar yuboradi, qiz do‘stining ukasini quvontiradi va uni mototsiklda shahar bo‘ylab aylantirib, eng mazali ko‘cha taomlarini tatib ko‘rsatadi.
Lekin ular o‘rtasidagi bu "soxta" munosabat Elizaga tobora chinakamdek tuyila boshlaganda, u ehtiyotkorlik bilan tuzgan rejalari xavf ostida qolayotganini sezadi. O‘z yuragini ranjitish evaziga bo‘lsa ham, orzulari yo‘lidan bora oladimi?
Sharhlar 0
Bir sharh yozish